Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarid chekini talab qilmaslik «yashirin iqtisodiyot»ga yo‘l ochadi - DSQ
Xarid cheklarini talab qilib olish naqd pullarning bankdan tashqari noqonuniy aylanishining oldini oladi. Davlat budjetiga soliq tushumi oshishini ta'minlaydi
Davlat soliq qo‘mitasi xarid chekini talab qilmaslik “yashirin iqtisodiyot”ga yo‘l ochishi haqida eslatma bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, xarid cheklarini talab qilib olish naqd pullarning bankdan tashqari noqonuniy aylanishining oldini oladi. Davlat budjetiga soliq tushumi oshishini ta'minlaydi.
“Agar sotuvchi tomonidan chek taqdim etilmasa, albatta, talab qilish zarur. Zero, har bir iste'molchi savdo shoxobchalaridan xarid qilgan mahsuloti uchun chek talab qilishga haqli”, - deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, 2019 yil 6 sentyabrda “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan xarid cheki bermaslik holatlarini oldini olish hamda ularni onlayn kuzatish nazarda tutilgan. Hozirda farmonga ko‘ra, tadbirkorlik sub'yektlarini onlayn-NKM bilan jihozlash choralari ko‘rilmoqda.
“Onlayn-NKMning joriy etilishi xaridorga ham, sotuvchiga ham birday qulaylik yaratadi. Uning cheklarida xarid qilingan mahsulot ro‘yxati, narxi, soni, chek va kassa apparati raqami aks ettiriladi. Bundan tashqari, QR-kod yordamida chekdagi ma'lumotlarni elektron ma'lumotlar bilan solishtirish imkoniyati ham bo‘ladi. Shuningdek, tadbirkorlik sub'yekti uchun tovar aylanmasi haqida aniq ma'lumotlar saqlanib qoladi. Bir so‘z bilan aytganda, ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt sarflanishiga barham beradi”, - deya ta'kidlaydi DSQ.
Onlayn-NKM yoki virtual kassa yuritilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash maqsadida turli xil o‘yinlar va rag‘batlantirish choralari ham joriy etilgan. Jumladan, onlayn-NKM cheklarini soliq organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar o‘rtasida yutuqli o‘yinlar o‘tkaziladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha ma'lumot berganlar esa rag‘batlantirib boriladi.
Soliq xizmati xodimlari amaldagi qonunchilikka ko‘ra, onlayn-NKMdan foydalanish qoidalariga rioya etilishini tekshirib boradi. Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan belgilangan tartibda nazorat xarid cheki berilmasligi besh million so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilishiga asos bo‘ladi. Ushbu holat bir yil ichida takror sodir etilsa, jarima miqdori o‘n million so‘mga oshiriladi.
“Tan olib aytish kerak, o‘z haq-huquqini yaxshi biladigan fuqarolar ham talaygina. Aynan mana shunday fuqarolarning e'tibori tufayli ayrim tadbirkorlik sub'yektlarining haqiqiy daromadini yashirishga urinayotgani fosh bo‘lmoqda. Soliq organlari tomonidan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlariga qaramay, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida sotilgan tovar uchun chek bermaslik holatlari yuzasidan murojaatlar kelmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, 2019 yilda jami 1 ming 953ta murojaat kelib tushgan. Ular asosida joylarda tekshiruvlar o‘tkazilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha qonunchilik talablari asosida tadbirkorlik sub'yektlariga ta'sir choralari ko‘rildi. Soliq organlariga tushgan murojaatlarning 1 ming 441tasi aynan nazorat-kassa mashinasidan foydalanish qoidasini buzish bilan bog‘liq. Yana 512ta murojaat to‘lov terminalidan foydalanishga oid qoidabuzarlik sabab kelib tushgan.
Ularni o‘rganib chiqish natijasi bo‘yicha qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 931 ta tadbirkorlik sub'yekti bilan profilaktika suhbatlari o‘tkazilgan. Shuningdek, 1 ming 22tasida tekshirish o‘tkazish bo‘yicha prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga buyurtma kiritildi. Buyurtmalar asosida 2019 yil davomida jami 644ta tadbirkorlik sub'yekti faoliyatida tekshirishlar o‘tkazildi. Ularning ko‘rib chiqish muddati kelgan 503tasiga jami 3,6 mlrd. so‘m moliyaviy jarima qo‘llanildi.
Bundan tashqari, soliq organlarida mavjud ma'lumotlar asosida tegishli litsenziyasiz yoki ruxsat beruvchi hujjatsiz ish olib borgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning noqonuniy faoliyatini oldini olish bo‘yicha yil davomida jami 623ta tadbirkorlik sub'yekitida nazorat o‘tkazildi. Natijada noqonuniy savdoga qo‘yilgan 815,6 mln. so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi.
Farmonda 2020 yilda onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik sub'yektlari uchun imtiyozlar ham belgilangan. Xususan, 2021 yil 1 yanvarga qadar onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tilgan taqdirda uni xarid qilish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar summalarini keyingi soliq to‘lovi hisobidan kamaytirish huquqi beriladi. Bunda kamaytirish miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmasligi kerak.
2021 yil 1 yanvardan boshlab onlayn nazorat-kassa mashinalarini xarid qilish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun imtiyoz berilmaydi.
Prezident farmonida tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyat turi va aylanma mablag‘iga ko‘ra, onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tish muddatlari ham belgilangan.
Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel va gaz yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tdi.
2019 yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) besh milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub'yektlaridan esa joriy yilning 1 avgustiga qadar ushbu qurilmalarning biridan foydalanishni yo‘lga qo‘yishi talab etiladi.
O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan tadbirkorlik sub'yektlari uchun bu muddat 2021 yil 1 yanvar etib belgilangan.
Qolgan barcha tadbirkorlik sub'yektlari 2022 yil 1 yanvardan onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tishi lozim. Aks holda bu qonunbuzilish holati sifatida qayd etilib, tadbirkorlik sub'yektiga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Navoiy shahrini zaharli tutun qopladi. Odamlar nafas olish imkonsizligini aytmoqda
O‘zbekiston | 18:22
-
O‘qishni “perevod” qilish uchun pul to‘lanadimi?
O‘zbekiston | 18:14
-
Tramp WSJ nashrini sudga berib, 10 mlrd dollar talab qildi
Jahon | 17:51
-
“Test oson bo‘ldi, chunki hammasini tavakkal belgiladim” - abituriyentlar o‘rtasida kichik so‘rov
Jamiyat | 17:11
Mavzuga oid

11:43 / 31.10.2024
Onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi - Soliq qo‘mitasi

18:43 / 22.07.2024
QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi qamaldi

12:47 / 22.07.2024
«Chek talab qilish - mayda ish emas» – Sherzod Qudbiyev chek so‘ragani uchun tarsaki yegan bolaga rahmat aytdi

10:34 / 21.07.2024