Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda jangovar to‘pponcha savdosini amalga oshirmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olingan
Bir necha shaxslardan iborat va oldindan til biriktirgan jinoiy guruh «Stechkin» rusumli, 9 mm kalibrli jangovar qurolni 1500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Foto: IIV axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, voqea shu yilning 29 yanvarida Toshkent shahrida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik A.Toshpo‘latov tomonidan berilgan ma'lumotnomaga ko‘ra, Jinoyatchilar APS (Avtomaticheskiy pistolet Stechkina) rusumli o‘qotar qurolni o‘tkazmoqchi bo‘lishganda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhning 4 nafar a'zosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil davomida O‘zbekistonda o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari bilan qonunga xilof ravishda muomalasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 118ta jinoiy holatlar aniqlangan.
«Qayd etib o‘tish lozimki, 16ta jinoiy holat kontrabanda yo‘li bilan amalga oshirilgan. Aniqlangan 118ta jinoiy holat bo‘yicha 127 nafar (shundan 5 nafari chet el fuqarolari) shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslardan 114 dona qurollar: 2 dona pistolet, 2 dona qo‘lbola usulda yasalgan qurol va 110 dona ov qurollari, 1340 dona o‘q-dorilar, 1 dona trotil shashka va 2 dona granatalar, 46 kg.dan ziyod portlovchi moddalar hamda 1 dona qo‘lbola usulida yasalgan portlovchi qurilmalar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Bundan tashqari, aholi o‘rtasida qurol, o‘q-dorilar portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi yuzasidan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida, birgina 2019 yil davomida 114 nafar fuqarolardan 771 dona qurol-yarog‘lar (shundan 8 dona pistolet, 109 dona boshqa turdagi qurol-yarog‘lar, 654 dona ov qurollari, 3705 dona patronlar, 5 dona granata, 1326 gramm portlovchi moddalar) ixtiyoriy ravishda topshirildi.
Bu shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi», — deyiladi boshqarma ma'lumotnomasida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti
Iqtisodiyot | 18:37
-
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi
Jahon | 18:13
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tuzildi – asosiy ma’lumotlar
Iqtisodiyot | 18:04
Mavzuga oid

17:53
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi

17:45
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

16:09
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi

21:53 / 10.07.2025