O‘zbekiston | 11:13 / 01.02.2020
5884
4 daqiqa o‘qiladi

Mahallalar eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ”Tomorqa xizmati” MChJlar tomonidan belgilangan tartibda sotib olinadi.

Foto: Fotolia

 Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. 

Qaror bilan quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) ekinlardan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida takroriy (o‘rtaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida takroriy (o‘rtaki) ekinlardan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz ko‘rsatkichlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlari va mablag‘lar hisob-kitobi;

2020 yilda har bir dehqon xo‘jaligida va tomorqa yer uchastkasida yuqori daromad beradigan eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;

”Tomorqa xizmati” mas'uliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalarida 2020 yil hosili uchun to‘qsonbosti usulida ekiladigan bahorgi va takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlarini mavsum davomida ajratilgan suv limitlari doirasida suvga bo‘lgan talabidan kelib chiqib, o‘z vaqtida suv bilan to‘liq ta'minlashi belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:

tashqi bozor talablari asosida mahallalarning eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilishini;

”Tomorqa xizmati” MChJlarga mahallalarni biriktirgan holda ular tomonidan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida urug‘lar, ko‘chatlar va boshqa zarur moddiy resurslarni belgilangan tartibda yetkazib berilishini;

dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ”Tomorqa xizmati” MChJlar tomonidan belgilangan tartibda sotib olish va ularning eksport qilinishini tashkil etadi.

Mavzuga oid