Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intensiv bog‘, tokzorlar va issiqxonalar aholiga lizing yoki kredit shartlari asosida beriladi
Intensiv bog‘ yoki tokzorlar - ular hosilga kirgunga qadar (turiga ko‘ra) imtiyozli davr bilan, issiqxonalar - bir yillik imtiyozli davr bilan lizing oluvchiga yetti yilgacha muddatga lizingga beriladi.

Foto : KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasi oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi, Iqtisodiyot va sanoat, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Markaziy bank va tijorat banklarining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish xamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorda aytilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari agentliklarga hamda Jamg‘armaga intensiv bog‘, tokzorlar barpo etish va issiqxonalar qurish uchun qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yer maydonlari 10 yilgacha muddatga vaqtincha foydalanish sharti bilan ajratilishini ta'minlaydi.
Hujjatda belgilanishicha:
a) intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish ishlari agentliklar va Jamg‘arma tomonidan, shuningdek, agentliklar bilan kelishgan holda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
b) intensiv bog‘, tokzorlar va issiqxonalar tijorat banklari, lizing kompaniyalari, Jamg‘arma hamda boshka tashkilotlar tomonidan aholiga lizing yoki kredit shartlari asosida beriladi;
v) intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalarni qurish ishlari quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:
tijorat banklarining oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvatlash dasturlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” 2018 yil 7 iyundagi PQ-Z777-son qarori asosida “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
g) intensiv bog‘ yoki tokzorlar — ular hosilga kirgunga qadar (turiga ko‘ra) imtiyozli davr bilan, issiqxonalar — bir yillik imtiyozli davr bilan lizing oluvchiga yetti yilgacha muddatga lizingga beriladi;
d) tijorat banklari intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun — ular hosilga kirgunga qadar (turiga ko‘ra) imtiyozli davr bilan, issiqxona qurish loyihalarini moliyalashtirish uchun — bir yillik imtiyozli davr bilan yetti yilgacha muddatga kredit ajratishi mumkin, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida hamda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Sport | 14:37
-
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti
Jahon | 14:36
-
Dohada davom etayotgan og‘ir muzokaralar, Ukrainada ushlangan xitoylik josuslar va Trampdan yangi «maktublar» – kun dayjesti
Jahon | 14:25
-
Veolia Energy Toshkentda quvur yorilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplab beradi
Jamiyat | 14:15
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

15:15 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

16:06 / 13.03.2025