Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirlarda faol qatnashgan yoshlarga oliygohga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi

Bugun, 28 yanvar kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbariyati hamda san'at sohasida tahsil olayotgan yosh iste'dodlar o‘rtasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida san'atga kirib kelayotgan yoshlar uchun berilayotgan bir qator imtiyozlar xususida ma'lumot berildi.
“O‘zbekkonsert” rahbari Odiljon Abduqahhorovning qayd etishicha, iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning bir necha shakllari joriy qilinmoqda.
“Jamiyatda o‘zini faol ko‘rsatayotgan, turli madaniy konsert tadbirlarida munosib ishtirok etayotgan, san'atimizni targ‘ib qilishda jonkuyarlik qilayotgan iste'dod egalari san'at va madaniyat oliygohlariga o‘qishga kirishlari uchun Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkonsert” tomonidan tavsiyanoma beriladi”, dedi u.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji bo‘lgan iste'dod egalarini uy-joy bilan ta'minlash uchun Madaniyat vazirligi hamda "O‘zbekkonsert" muassasasi tomonidan tavsiyanomalar berilishi rejalashtirilgan.
Odiljon Abduqahhorovning qo‘shimcha qilishicha, yosh iste'dodlarni kashf qilish borasida o‘tkaziladigan turli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yoshlarga 5 milliondan 20 million so‘mgacha miqdorda moddiy rag‘batlantirish ham yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yosh iste'dodlarga litsenziya bepul berilishi xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?
Jahon | 21:22
-
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16
-
Odamlarning kundalik ishi tushadigan joylarda «korrupsiyaviy tuynuklar» yo‘qolmagani qayd etildi
O‘zbekiston | 20:52
Mavzuga oid

00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi

22:17 / 04.10.2024