Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maykl Blumberg saylovoldi budjetining to‘rtdan bir qismini reklama uchun sarflab bo‘ldi
Tadbirkor siyosiy reklama uchun 250 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashga ulgurdi. Bundan oldin u prezidentlik kampaniyasiga 1 milliard dollar yo‘naltirishga tayyorligini bildirgan edi

Foto: Sue Ogrocki / AP
Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surish niyatida ekanini e'lon qilgan Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg siyosiy reklama uchun 250 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflab yubordi. Bu haqda Bloomberg agentligi saylov kampaniyalari davrida reklama xarajatlari tendensiyasini kuzatuvchi Advertising Analytica kompaniyasi tadqiqotiga asoslanib xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Blumberg televideniyedagi reklama uchun shaxsiy mablag‘laridan 209,3 million dollar sarflagan, yana 13,7 million dollar pulli kanallardagi reklama uchun ketgan. Tadbirkor radiodagi reklama uchun 1,1 million dollar, raqamli platformalar bo‘yicha - 27,2 million dollar sarfladi.
Advertising Analytica ma'lumotlariga ko‘ra, Blumberg siyosiy reklamaga, xuddi Nyu-York sobiq meri kabi, saylov kampaniyasini moliyalashtirish masalasida o‘z pulini ishlatayotgan raqibi - demokrat Tom Steyyerga qaraganda 116 million dollarga ko‘proq mablag‘ sarflagan. Blumbergning reklama xarajatlari Vermont shtatidan senator Berni Sandersning xarajatlaridan (26,8 million dollar) 8 baravar ko‘pdir.
Tadqiqotda aytilishicha, ikkinchi muddatga qayta saylanishni niyat qilgan AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp siyosiy reklama uchun 46 million dollar sarfladi. Bu mablag‘lar asosan uning shtabi tomonidan raqamli reklama uchun yo‘naltirilgan.
Demokratik partiyadan bo‘lgan raqiblaridan farqli o‘laroq, Blumberg asosiy e'tiborni praymeriz biroz kechroq bo‘lib o‘tadigan shtatlarga qaratgan, deb yozadi Bloomberg. Advertising Analytica hisob-kitoblariga ko‘ra, u Los-Anjyelesda 12,8 million dollar va Nyu-Yorkda 12,5 million dollar sarflagan, shuningdek, Kaliforniyaning boshqa bozorlari hamda Texas, Illinoys va Florida shtatlarida efir vaqtini juda katta pulga sotib olgan.
Ikki hafta oldin Blumberg prezidentlik kampaniyasiga 1 milliard dollar sarflashni rejalashtirayotganini e'lon qilgandi. Uning ta'kidlashicha, agar o‘zi Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga nomzod bo‘lmasa ham, mablag‘lari Donald Trampning boshqa raqiblari - Berni Sanders yoki Elizabet Uorrenga yordam berish maqsadida sarflanadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘li hududlarida kichik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 10:37
-
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi
Jamiyat | 10:02
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

19:39 / 25.07.2025
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

07:40 / 25.07.2025
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda

07:29 / 25.07.2025