Avstraliya yong‘inlari dahshatini to‘liq ifodalagan 15ta surat

2019 yil yil Avstraliya uchun meteorologik kuzatuvlar tarixida eng issig‘i bo‘ldi. O‘rtacha harorat bir necha daraja yuqori bo‘lib, 30,7 darajani tashkil etdi, shuningdek 2019 yilda yog‘ingarchilik 40 foiz kam kuzatildi. Buning oqibatlari oldini olish ilojsiz edi: materikda uch oy avval yong‘inlar boshlanib, shu paytgacha ham o‘chmadi.
Yong‘in oqibatida ikki mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan, o‘ttizga yaqin odam (so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra 28 kishi, xususan 5 nafar o‘t o‘chiruvchi) halok bo‘lgan. Biroq, odamlar olovdan qochib qutula olsalar-da, hayvonlar buni uddalay olmaydilar: kichik qit'ada millionlab sudraluvchilar, qushlar va sutemizuvchilar halok bo‘ldi. Jahon yovvoyi tabiat fondi hisob-kitoblariga ko‘ra, nobud bo‘lgan jonivorlar soni shunchaki dahshatli - 1,25 milliard. Xususan, yong‘in Yangi Janubiy Uelsda avj olib, aynan shu hududda 800 million jonzotni yo‘q qildi. Bu yerda Avstraliyaning eng jozibali mavjudotlari — koalalar yashaydi. Ushbu dahshatli oylarda ularning uchdan bir qismi qirilib ketdi. O‘rmon yong‘inlari maydoni 100 ming kvadrat kilometrdan oshib ketdi, bu butun bir mamlakat miqyosiga, masalan Islandiya yoki Kuba hududiga teng keladi. Yil boshida olov tutuni Janubiy Amerika qirg‘oqlarigacha yetib bordi va yong‘inga qarshi kurash kuchli yomg‘irlar yog‘maguncha davom etadiganga o‘xshaydi.
1. Avstraliyalik o‘t o‘chiruvchilar ish kuni oxirida
2. Filmdagi kadrga o‘xshaydi: dunyo ko‘z o‘ngimizda yonmoqda
3. Ko‘ngillilar olov ichidagi o‘rmondan koalalarni olib chiqishmoqda, ularni topish oson emas: jonzotlar qo‘rquvdan har yoqqa tarqalib ketishgan va ba'zida o‘zlarini olovga urishgan
4. Tutun dahshatli bulut kabi quyoshni to‘smoqda
5. Mutaxassislar qurg‘oqchilik sababi iqlim o‘zgarishlari ekanligini ta'kidlashmoqda. Olov plyajgacha yetgan.
6. Ammo bu eng xavfsiz joy: odamlar yong‘indan qochish uchun suv yoqasiga kelishdi.
7. Ufq jahannamga o‘xshaydi: yon tomondan lava oqimini eslatadi, ammo u yerda vulqon yo‘q.
8. Kenguru oroli ham xavf ostida: orolning uchdan bir qismi allaqachon kulga aylangan. Dekabr oyi o‘rtalarida qurigan daraxtni chaqmoq urishidan boshlangan yong‘in bir necha hafta davomida to‘xtamagan
9. Hamma narsa apelsin tusiga kirgan
10. Olov katta hududlarni vayron qildi
11. Suv yetishmasligi sababli tuyalar shahar va qishloqlarga bostirib kira boshladilar, shuning uchun ularni otishga va so‘yishga qaror qilishdi. Bu hayvonlar materikka XIX asrda olib kelingan bo‘lib, aksariyati yovvoyilashib ketgan
12. Yomg‘ir sevinchi
13. Melburnning yuqoridan ko‘rinishi
14. Samolyot oynasidan olingan dahshatli surat. Go‘yo u yer osti dunyosi ustidan uchayotgandek tuyuladi
15. Internet foydalanuvchilari tomonidan Avstraliyaning so‘nggi uch oydagi barcha yong‘inlari surati kollaj orqali bitta suratda jamlangan rasm. Ular sun'iy yo‘ldosh orqali olingan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
-
XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi
Jahon | 23:26 / 18.06.2025
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025