Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qizilqum hududidan olinadigan va hozirda saqlanayotgan kern namunalarning markazlashgan ombori tashkil etiladi

Foto: coretest.ru
Geologiya qidiruv ishlarining ishonchlilik darajasini va yer osti boyliklarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, Markaziy Qizilqum hududida markazlashgan yagona kern omborini tashkil qilish va bu ombordagi kern namunalarini jahon standartlariga mos sharoitda saqlash hamda geologiya-qidiruv ishlari nufuzi va ishonchliligini oshirish maqsadida hukumat hujjati qabul qilinadi.
Muhokama uchun e'lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi va “Navoiy kon metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining geologiya-qidiruv ishlari natijasida Qizilqum hududidan olinadigan va hozirgi kunda saqlanayotgan kern namunalarning markazlashgan omborini 2-Konimex qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji binosida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Navoiy viloyati, Konimex tumani, Qaraq-Ata OFY, Balaqaraq ovulida joylashgan 2-Konimex qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul beriladi.
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi belgilangan tartibda:
geologiya-qidiruv ishlari natijasida Qizilqum hududidan olinadigan va hozirgi kunda saqlanayotgan kern namunalarning markazlashgan omborini tashkil etish bo‘yicha tegishli bino va inshootlar, yer maydonlari va jihozlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtiradi;
geologiya-qidiruv ishlari natijasida Qizilqum hududidan olinadigan va hozirgi kunda saqlanayotgan kern namunalarning markazlashgan ombori foydalanishida zarurat bo‘lmagan o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari, uskuna-dastgoh va boshqa asosiy vositalarni Navoiy davlat konchilik instituti hamda ehtiyojmand professional ta'lim muassasalari balansiga o‘tkazish choralarini ko‘radi;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kern namunalari omborida kelajakda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti va boshqa ta'lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyotlarini o‘tashlariga hamda o‘qitishning Dual tizimi asosida talabalarning fanlardan olgan nazariy bilimlarini tajriba va amaliyot mashg‘ulotlari orqali mustahkamlash imkonini beruvchi sharoit yaratadilar.
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi va “Navoiy kon metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi hamkorlikda binoni ombor sifatida qayta jihozlash va ta'mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

10:44 / 10.05.2024
Markaziy Qizilqum tabiat bog‘ida ilk bor saqoqushlar galasi qayd etildi

13:20 / 16.04.2024
Qizilqum qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga O‘rta Osiyo qunduzi muhrlandi

14:36 / 21.03.2024
Qizilqum bag‘ridagi tibbiyot - turli hududlardan kelib ishlayotgan shifokorlar hayotidan reportaj

16:05 / 19.03.2024