Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfonlarni quvvatlashda keng tarqalgan xato ma'lum qilindi

Smartfon egasi o‘z qurilmasini tuni bilan quvvatlanishga qo‘yishi va batareyasi 100 foiz to‘lgach ham quvvatlash qurilmasidan uzmasligi sababli smartfon akkumulyatori xizmat muddati qisqaradi. Bu haqda Business Insider nashriga BatterieIngenieure nemis kompaniyasi direktori Dominik Shulte so‘zlab berdi.
Ekspertning ta'kidlashicha, smartfon batareyasi zaxirasi quvvatlanganlik darajasi 30-50 foiz bo‘lganda sekinroq qisqaradi. Mutaxassis, misol uchun, gadjetlarni ertalab quvvatlashni tavsiya qilgan.
Business Insider’da ta'kidlanishicha, smartfonlarda qo‘llanuvchi barcha litiy-ionli akkumulyatorlar kimyoviy tarkibi o‘zgarishi sababli eskirishga moyil. Shu sababli ular cheklangan xizmat muddatiga ega.
Shu bilan birga Google kompaniyasining mahsulotlar bo‘yicha menejyeri Ronald Xoning aytishicha, bugungi kunda kompaniyalar o‘z qurilmalarida quvvatlashni optimallashtirish texnologiyasini qo‘llayotganlari sababli smartfonni haddan ziyod uzoq quvvatlash zararligi haqidagi fikr o‘z dolzarbligini yo‘qotgan. Uning ta'kidlashicha, ba'zi qurilmalarda batareya 100 foiz to‘lgach, uni quvvatlash to‘xtaydi.
Mail.ru mutaxassisi Dmitriy Ryabininning ta'kidlashicha, smartfon batareyasining 100 foizgacha quvvatlanishi uning to‘liq quvvatsizlanishi kabi akkumulyator xizmat muddatini qisqartiradi.
Ta'kidlanishicha, Apple va Samsung kompaniyalari ham smartfon batareyasi quvvatini 50 foiz atrofida ushlashni tavsiya qilishadi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI sudi xavfsiz mamlakatlar ro‘yxati uchun cheklov o‘rnatadi
Jahon | 08:09
-
Qurilish obektlarida QR kodli pasport o‘rnatiladi
Ko‘chmas mulk | 07:58
-
Multimilliarder Timchenko Yevroittifoq sanksiyalarini oldirib tashlolmadi
Jahon | 07:48
-
Davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 07:40
Mavzuga oid

20:48 / 31.07.2025
Telefonga qaramlik: texnologiyalar bizni qanday tobe qilmoqda?

15:03 / 30.07.2025
Nokia smartfonlar bozoriga qaytishini e’lon qildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025