Jamiyat | 11:02 / 25.12.2019
11927
2 daqiqa o‘qiladi

Irkutskdagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani aytilmoqda

Foto: Rossiya FVV

Rossiyaning Irkutsk oblastidagi o‘rmon sanoati xodimlariga mo‘ljallangan yotoqxonada yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi. Bu haqda munitsipalitet rahbari Valeriy Ornoyev xabar berdi, deb yozmoqda TASS. 

Xabarda qayd etilishicha, bundan oldin bir kishi halok bo‘lgani va olti nafar shaxs jarohat olgani haqida ma'lumot berilgan edi.

Ikki nafar qurbon ham O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Ornoyevning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in ro‘yxatdan o‘tmagan binoda sodir bo‘lgan.

25 dekabrga o‘tar kechasi Zalari qishlog‘ida yotoqxonaning yog‘ochdan qurilgan ikkita inshootida yong‘in sodir bo‘ldi. U yerda 15 kishi istiqomat qilgan. Qutqaruvchilar ochiq yong‘inni bartaraf etishdi, yong‘in maydoni 350 kvadrat metrni tashkil etdi.

Hodisa natijasida olti kishi jabrlandi. Ulardan besh nafari kasalxonada, bir kishi og‘ir ahvolda, deya xabar berdi oblast sog‘liqni saqlash boshqarmasi. Yana bir jabrlanuvchiga ambulator davolanishga ruxsat berilgan.

Mavzuga oid