Hondurasdagi yana bir turmada ommaviy qotillik yuz berdi

Foto: REUTERS
22 dekabr kechki vaqt Honduras turmalaridan birida mahbuslar orasida ommaviy qotillik yuz berdi. Mahbuslar o‘rtasida chiqqan nizo vaqtida 19 kishi halok bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, tartibsizliklar mamlakatning markaziy qismida joylashgan Porvenirdagi turmalardan birida yuz bergan.
Ushbu voqea Hondurasda 3 kun ichidagi ikkinchi shunday voqea bo‘lmoqda. 21 dekabrda Hondurasning Tela shahridagi turmada mahbuslar orasida yuz bergan otishmada 18 kishi halok bo‘lgan.
Bundan bir hafta oldin mamlakat rahbariyati axloq-tuzatish tizimida favqulodda vaziyat e'lon qilib, milliy axloq-tuzatish instituti vakolatlarini to‘xtatgandi. Jazoni ijro etish tizimi va balog‘atga yetmaganlarni qamoqda ushlab turish markazlarini boshqarish uchun javobgarlik qurolli kuchlar va milliy politsiyaga topshirilgan.
Mavzuga oid

16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident

22:38 / 07.12.2021
Burundidagi turmada yuz bergan yong‘inda 38 kishi halok bo‘ldi

19:55 / 01.12.2021
Hondurasda prezident lavozimini ilk bor ayol kishi egallaydi

19:58 / 30.09.2021