Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XAEA yangi rahbari O‘zbekistonga AES qurishda ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi

Rafael Grossi / Foto: AFP
Vena shahrida O‘zbekistonning Xalqaro atom energiyasi agentligidagi (XAEA) doimiy vakili, elchi Sherzod Asadov 2 dekabr kuni o‘z lavozimiga kirishadigan agentlikning yangi bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.
Rafael Grossiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XAEA bosh direktori etib saylangani munosabati bilan tabrik maktubi taqdim etildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yangi sanoat - yadro energetikasini rivojlantirish, ushbu sohadagi ilmiy va ta'lim salohiyatini mustahkamlash, tibbiyotga va iqtisodiyotga yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr almashildi.
Mamlakatda atom elektr stansiyasini qurilishi ta'lim, yadro-muhandislik fanlari, qurilish va energetika sanoati tizimini takomillashtirishni ta'minlashi qayd etildi.
XAEAning O‘zbekiston Energetika vazirligi, «O‘zatom» agentligi, Fanlar akademiyasi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan erishilgan samarali hamkorlik darajasi ta'kidlandi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda respublikada tadqiqot yadro reaktorining xavfsiz ishlashini mustahkamlash bo‘yicha ishlar bajarildi, radioaktiv izotoplarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish uchun sharoit yaratildi, Davlat standartlashtirish qo‘mitasi va Milliy gidrometeorologiya markazida ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar modernizatsiya qilindi, O‘zbekistonning ikkita yetakchi universitetlarida o‘quv laboratoriyalari ochildi, eng muhimi nafaqat poytaxtda, balki mamlakat mintaqalaridagi tibbiyot markazlarida yangi jihozlar kiritildi va takomillashtirildi.
XAEAning O‘zbekistonda yadroviy bilimlarni mustahkamlash va saqlashga muhim hissa qo‘shganini qayd etildi. Shu yilning o‘zida texnik kooperatsiya loyihalari doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan 19 ta uzoq muddatli amaliyot o‘taldi, yetakchi yadroviy markazlarga to‘rtta ilmiy tashrif va ikkita ekspert missiyalari amalga oshirildi va mamlakatda milliy o‘quv kurslari va amaliy yig‘ilishlar o‘tkazildi.
O‘zbekistonda XAEA tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar darajasi, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlash va oshirish bo‘yicha qo‘shma faoliyat samaradorligidan mamnunlik izhor etildi. Texnik hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish muhimligi alohida ta'kidlandi.
Suhbat chog‘ida yadro xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha XAEAning barcha talab va tavsiyalariga rioya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga O‘zbekiston sodiqligi ta'kidlandi.
Agentlik rahbari O‘zbekistonga texnik va ekspert yordamini ko‘rsatish, shu jumladan atom elektr stansiyasini qurish jarayonida ko‘maklashishga XAEAning bundan keyin ham tayyorligi tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
-
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp
Jahon | 21:49
Mavzuga oid

18:48 / 09.07.2025
XAEA rahbari Yevropa davlatlarini yadro quroliga ega bo‘lishga urinishdan qaytardi

20:48 / 08.07.2025
XAEA rahbari Eronning yadro dasturini yo‘q qilib bo‘lmasligini aytdi

21:11 / 28.06.2025
Eron XAEA bosh direktorini yadro inshootlariga kiritmaydigan bo‘ldi

08:31 / 25.06.2025