O‘zbekiston jiu-jitsu terma jamoasi JChda qatnashish uchun Abu-Dabiga yetib bordi

Foto: O‘zbekiston jiu-jitsu federatsiyasi
15-24 noyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada qatnashish uchun amirliklar poytaxtiga 15 noyabr kuni yetib bordi.
Chempionatda dunyoning 60dan ortiq davlatlari sportchilari ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan 17 nafar jiu-jitsuchi joy olgan.
JChda qatnashadigan O‘zbekiston jiu-jitsu terma jamoasi tarkibi: Jo‘rayev Jasur, Usmonov Kamol, Nabiyev G‘ayrat, Usmonov Suxrob, Safarov Rizo, Bozorov Asadullo, Kamolov Kozimjon, Qurbonmurodov Ozod, Eshonxodjayev Xurshid, Xasanov Irshod, Mutalov Sherzod, O‘rinboyeva Jayrona, Toxirov Azizbek, Xudoyberdiyev Mansurbek, Abloqulov Murodillo, Yakubov Ruslan, Mirzarahimova Gulsanam, Yakubov Yusufboy
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda jiu-jitsu federatsiyasi 2017 yilda ochilgan edi.
Mavzuga oid

19:30 / 10.02.2024
Jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempioni Qozog‘iston prezidentini qo‘riqlaydi

15:58 / 02.12.2021
Ikki jiu-jitsu ustalari O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionlariga aylanishdi

17:44 / 25.08.2018
Osiyo o‘yinlari. Jiu-jitsuchilar yana medalsiz qolishdi

14:23 / 24.08.2018