Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyat hokimlari tadbirkorlarga murojaat bilan chiqish qilishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 7 noyabr kuni tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.
Mazkur yig‘ilishida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish xususida prezident tomonidan hokimlarga qator tavsiya va topshiriqlar berilgandi. Prezident «Bundan buyon taraqqiyot va farovonlikka faqatgina tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash orqali erishish mumkin», degan fikrni ilgari surib, hokimlar, sektor rahbarlariga tadbirkorlarga murojaat bilan chiqish topshirig‘ini bergan edi.
Dastlab, 8 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov hamda barcha sektor rahbarlari ishtirokida Navoiy shahridagi «Yoshlar markazi»da viloyatdagi tadbirkorlik va kichik biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda hokim tadbirkorlarga murojaat qildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar turli muammoli masala bilan viloyat hokimiga murojaat qilishdi hamda ularning murojaatlari mas'ul mutasaddilar tomonidan ko‘rib chiqish uchun qat'iy vazifalar belgilandi. 5 nafar tadbirkorning muammosi joyida o‘z yechimini topdi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 12 noyabr kuni Samarqand shahridagi «Yoshlar markazi»da viloyat tadbirkorlariga murojaat bilan chiqish qildi.
Uchrashuvda viloyat, tuman, shahar studiyalarida tadbirkorlik sub'yektlari vakillari hamda tadbirkorlik sub'yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar mutasaddilari, barcha sektorlar rahbarlari, huquq-tartibot idoralari, sudlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
«Bundan buyon tadbirkorlikka ko‘mak beruvchi mas'ul idoralar, 4ta sektor rahbarlari «Har bir tadbirkorga — ko‘makdosh, yelkadosh va madadkormiz!» mezoni asosida ish faoliyatimizni tashkil etamiz, — dedi Turdimov. — Bunda har bir idoraning kun tartibidagi ustuvor vazifasi — tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolarini hal qilishdan iborat bo‘ladi».
Erkinjon Turdimov tadbirkorlarga ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘yilsa yoxud qaysidir jabhada ko‘mak zarur bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ziga murojaat qilishlarini mumkinligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev va Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev ham tadbirkorlarga murojaat bilan chiqish qilishdi. Ushbu murojaatnomalar viloyat televideniyesi, viloyat hokimligi rasmiy sahifalari orqali namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

02:54 / 01.02.2025
«Bolaga bilim berish bilan shug‘ullanmasak, kosamiz oqarmaydi» - Erkinjon Turdimov

23:02 / 23.01.2025
25 yillik noyob siyosiy karera: Erkinjon Turdimov o‘z rekordini yangiladi

11:11 / 22.01.2025