Qozog‘istonda uch o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 5 yillik qamoq jazosi oldi
Qozog‘istonning Jambil oblastida 11 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sababchisi bo‘lgan haydovchiga jazo hukmi chiqarildi.

Foto: Tengri News
Bu haqda Zakon.kz nashri xabar berdi.
Joriy yilning 20 aprelida Qozog‘istonning Jambil viloyati Qorday tumanidagi «Toshkent-Olmaota» trassasining 181-kilometrida mahalliy vaqt bilan tonggi soat 05:09 da 49 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Van Hool rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi.
Avtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda Toyota Camry mashinasi bilan to‘qnashib ketgan va oqibatda boshqaruvni yo‘qotib, avtobusning ag‘darilishiga yo‘l qo‘ygan. Fojia oqibatida 11 kishi, jumladan 8 nafar Qozog‘iston, 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.
Qorday tuman sudining ma'lum qilishicha, haydovchi Qozog‘iston Jinoyat kodeksining “Transport vositasini boshqargan shaxs tomonidan ehtiyotsizlik tufayli 2 nafardan ko‘proq kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l harakati qoidabuzarligi” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Ayblanuvchi o‘z aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan. Sud ayblanuvchining chin dildan pushaymonligini, yashash joyidan u haqida ijobiy tavsifnoma olingani, avval sudlanmaganligini hisobga olib, 7 yillik muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yillik qamoq jazosiga tortgan.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025