Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Botanika bog‘ida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi
Yaqin kunlarda Toshkentdagi Botanika bog‘iga «trevoga tugmachasi»ni o‘z ichiga olgan ikkita 360 darajali kuzatuv kamerasi majmuasi o‘rnatiladi. Ushbu tugmachalarni bosgan odam videoaloqa orqali huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga muammo haqida xabar berib, ularni yordamga chaqirishi mumkin.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Botanika bog‘ida kuzatuv kameralari va «xavotir tugmasi» o‘rnatilishini ma'lum qildi. Bundan tashqari, bog‘ hududida profilaktika inspektorining ikki yordamchisi skuterlarda navbatchilik qilish uchun biriktirildi. Ular zarurat tug‘ilgan taqdirda tashrif buyuruvchilar bilan profilaktik suhbatlar uyushtirib, ularga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik dunyosi genofondi institutiga tegishli bo‘lgan bog‘da o‘zlarini qanday tutishlarini tushuntirishadi.
«Telegram-kanallarning birida quyidagi xabar e'lon qilindi: «Toshkent Botanika bog‘i – g‘aroyib joy. Ilmiy muassasa bo‘lishiga qaramasdan, odamlarning ko‘pligidan jamoat joyiga o‘xshaydi. (...) Chiqindilar, bosib tashlangan so‘qmoqlar, buzilgan mini ekotizimlar ishga xalal bermaydimi?»
Ushbu holatda kamchiliklar borligini tasdiqlab, quyidagilarni ma'lum qilamiz. Bir hafta oldin Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan poytaxtda joylashgan Botanika bog‘ida kamchiliklar borligiga e'tibor qaratilgan edi. Ushbu hududga ko‘plab odamlar kelishi, holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlari nazorat qilishi zarurligi, sanuzellarning yomon holati hamda hududda maishiy chiqindilar ko‘payib ketgani e'tiborga olindi.
Yunusobod tumani IIO FMB rahbariyatiga holatni nazorat qilish va Botanika bog‘i hamda Yunusobod tumani hokimiyati jamoasi bilan hamkorlikda yuqoridagi muammolarni hal qilish vazifasi topshirildi.
Hozirgi vaqtda quyidagi choralar ko‘rildi. Toshkent shahar IIBB ushbu hududga ikkita profilaktika inspektorlari yordamchilarini biriktirib qo‘ydi. Yaqin kunlarda ularga skuterlar taqdim qilinadi – bu hududda tezkorlik bilan harakatlanish, patrullash, nazorat qilish va tashrif buyuruvchilar bilan profilaktik ishlar olib borilishi uchundir.
Shuningdek yaqin orada ikkita 360 daraja kuzatuv uchun imkon beradigan kameralar va «xavotir tugmasi» o‘rnatiladi. Bu tashrif buyuruvchilar uchun biror bir holat bo‘yicha tezkor tarzda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun tugma bosilsa, IIBB xodimi bilan videoaloqa orqali bog‘lanish va muammo haqida xabar berish mumkin. Shu qayd etish lozimki, Botanika bog‘i rahbariyati ham yuqoridagi muammolarni hal qilishga kirishib, ushbu yo‘nalishda ishlar olib bormoqda.
Hurmatli fuqarolar! Sizga ko‘p narsa bog‘liq. «Siniq deraza nazariyasi» mavjud, unga ko‘ra, bir joyda siniq deraza bo‘lsa, tez orada u yerda yana boshqa siniq derazalar paydo bo‘ladi. Kimdir chiqindi tashlagan joy ustiga siz ham chiqindi tashlashdan o‘zingizni tiying. Agar o‘zga kimsa sanitariya tartibini buzayotganini va shu bilan birga ma'muriy huquqbuzarlik sodir etayotganini ko‘rsangiz, chetda turmang va bu haqda profilaktika inspektoriga xabar bering. Yoki javobgarlikdan ogohlantirish sifatida chiqindi tashlagan insonga tanbeh bering.
Bundan tashqari, Botanika bog‘iga keluvchilar qatorida ekotizimga aralashuvchi ko‘p insonlar kelib, mumkin bo‘lmagan joylardan yurishadi. Bog‘dagi yo‘lakchalardan boshqa joyda harakatlanish sababli kamyob o‘simliklar halok bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda joylash uchun olinadigan surat o‘simlik hayotiga arzimaydi, degan fikrga qo‘shilasiz degan umiddamiz. Ushbu flora va fauna saltanatining ekotizimi siz va sizning harakatlaringizga bog‘liq. Tartibni umumiy kuchlar bilan mumkin. Harakatingiz bilan bishning ishimizga qo‘shiling», deyiladi poytaxt IIBB axborotida.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi
Jahon | 21:36
-
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi
Jahon | 21:32
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
Mavzuga oid

21:29 / 10.10.2023
Ekologiya vazirligi Botanika bog‘ining boshqa tashkilotga o‘tkazilishiga e’tiroz bildirdi

17:45 / 07.10.2023
Saida Mirziyoyeva: "Botanika bog‘ining bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart"

17:00 / 07.10.2023
Botanika bog‘ini hokimlikka berishni Davaktiv taklif qilgan. Agentlik taklifidan voz kechdi

14:36 / 07.10.2023