Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev inflatsiyani 2022 yilda 9,5 foizgacha tushirish vazifasini yukladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev inflatsiyani 2022 yilda 9,5 foizgacha tushirish bo‘yicha topshiriq bergan. Bu haqda Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Abruyev ma'lum qildi.
«Kechagi yig‘ilishda davlat rahbari bizga inflatsiyani 2022 yilda 9,5 foizgacha tushirish vazifasini yukladi», – dedi Abruyev «Fuqarolar uchun budjet» loyihasi taqdimotida.
Abruyevning so‘zlariga ko‘ra, inflatsiya kelasi yili 13 foizgacha, 2021 yilda 11 foizgacha pasayishi kutilmoqda. 2019 yil yakunlariga ko‘ra mazkur ko‘rsatkich 15,5 foiz bo‘lishi prognoz qilingan.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Jamshid Abruyev budjet jarayonidagi o‘zgarishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Budjetning qamrovi oshyapti. Davlat maqsadli jamg‘armalari ham 3ta emas, 18ta. Demak, hamma jamg‘armalar tarkibi kiritilyapti.
Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining raqamlari, budjetlari tasdiqlanyapti. Oldin bu jamg‘armaning raqamlari ko‘proq yopiq xarakterga ega edi. Endi u ham oshkora bo‘lib, davlat budjeti tarkibiga kiritilyapti.
Qonun bilan har bir vazirlikning budjetini tasdiqlaganimizdan keyin vazirlik va idoralar mana shuncha pul bor ekan, deb oldindan biladi. O‘sha pulga ularning mas'uliyati oshadi. Pulning ishlatilishi, uning samaradorligiga javobgarligini sezgan holda kelgusida dasturlarini o‘shanga qarab tuzadi. Kelasi yili o‘rta muddatli rejalashtirishga o‘tish davrida bu juda muhim.
Budjet qonunida budjet ishtirokchilarining oshkoraligi to‘g‘risida ayrim moddalar bor. Budjet mablag‘larini oluvchisi necha pul ishlatdi, nimalarga ishlatdi, nimalar xarid qildi va o‘sha xarid qilgan mahsuloti joylarga yetib bordimi yoki yo‘qmi. Bu jarayonni shaffof qilmas ekanmiz, hech qachon pullarning samardorligiga erishib bo‘lmaydi», – dedi Abruyev.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr kuni prezident huzurida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-budjet siyosati, davlat budjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
Mavzuga oid

21:27 / 12.06.2025
Propiskaning qaytishi, kutilganidan tezroq inflatsiya - mahalliy dayjest

10:40 / 09.06.2025
May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi

16:23 / 02.06.2025
May oyida inflatsiya 1,5 foizgacha tezlashdi. Bunga elektr va gaz narxlarining oshishi katta ta’sir ko‘rsatgan

22:41 / 24.05.2025