Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Yevro-4»dan past toifadagi yoqilg‘idan bosqichma-bosqich voz kechish boshlanadi

2020 yil 1 yanvardan boshlab “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish man etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonda aytilgan.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab “Yevro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini, 2023 yil 1 yanvardan boshlab esa “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish taqiqlanadi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab zaharlilik darajasi “Yevro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalaridagi g‘ildirakli transport vositalaridan foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish man etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibini ikki oy muddatda tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

11:04 / 28.07.2025
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

11:00 / 01.07.2025
Pensiya miqdorini oldindan aniqlash xizmati joriy etiladi

13:10 / 23.06.2025
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

10:10 / 21.05.2025