Kirov oblasti va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Fariddin Nasriyev va Aleksandr Churin/Foto: Kirov oblasti hukumati
O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev Kirov oblastiga amaliy tashrif bilan keldi.
Kirov oblasti hukumatidan xabar berishlaricha, Fariddin Nasriyev mintaqa hukumatining raisi Aleksandr Churin bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Churin va Nasriyev O‘zbekiston hamda Kirov oblasti o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shu jumladan, mahsulotlarni sotish bozorlarni kengaytirish borasida so‘z yuritildi.
Kirov va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni tashkil etish ham muhokama qilindi. Fariddin Nasriyev ta'kidlashicha, agar mintaqada shunday qiziqish bo‘lsa, respublika to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni ochishga tayyor. Bosh konsul, shuningdek, avtobus qatnovlarini ochish masalasini ko‘rib chiqish mumkinligini qayd etdi.
Mavzuga oid

11:10 / 29.08.2024
Ukraina Kirov viloyatiga birinchi marta dron bilan hujum qildi

10:58 / 05.01.2024
O‘zbekiston va Eron qo‘shma tadbirlar rejasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

10:12 / 21.12.2023
O‘zbekistonning Erondagi yangi elchisi tayinlandi

22:21 / 30.10.2018