Zelenskiy rada deputatlaridan yolg‘on detektoridan o‘tishni talab qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oliy radaning moliya, soliq va boj siyosati masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a'zolariga yolg‘on detektorida tekshiruvdan o‘tish majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Ukraina yetakchisi ushbu deputatlar majburiy tartibda poligrafdan tekshiruvdan o‘tishlari lozim, deb hisoblamoqda.
“Agar bu tekshiruvda biror deputat qo‘mitada ovoz berish uchun pul olganining kichik ehtimoli ham aniqlansa, bunday deputatlar bilan korrupsiyaga qarshi idoralar shug‘ullanishi kerak bo‘ladi”, deb aniqlik kiritgan Zelenskiy.
Zelenskiyning ta'kidlashicha, adolatli va holis tekshiruv yig‘ilib qolgan savollardan qutulishga yordam beradi.
“Shuningdek, “masalalarni hal qilishda” shubhali yozishmalar olib borgan deputatga ham buni qo‘llash kerak. Agar shubhalar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, biz bunday deputatlar bilan xayrlashamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Zelenskiy.
Mavzuga oid

14:23 / 03.06.2025
Volodimir Zelenskiy: harbiy asirlarning yangi almashinuviga tayyorlanyapmiz

10:41 / 03.06.2025
Kiyev Trampni Rossiyani otashkesimga majburlash uchun sanksiyalardan foydalanishga chaqirdi

09:15 / 03.06.2025
Oq uy: Tramp Putin va Zelenskiy bilan sammitga tayyor

23:33 / 02.06.2025