Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kurdiston ishchi partiyasini IShIDdan “xavfliroq va keskinroq” deb atadi
Tramp Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotiga izoh berib, u yerda amerikalik harbiylarni yo‘qotishni istamayotganini, bu Turkiya va Suriya o‘rtasidagi ixtilof ekanini aytgan.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Italiya prezidenti Serjo Mattarella bilan Oq uydagi muzokaralar natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanda Kurdiston ishchi partiyasini (KIP) IShIDdan ham “xavfliroq va keskinroq” deb atadi. “Men aytgandim, u yerda farishtalar yo‘q. KIPga qarang, uni IShID hurmat qiladi. Nima uchun? Chunki ular yana ham keskinroqlar”, deb aytgan Tramp.
“Kurdlar boshqaradigan KIP terrorchilik tahdidi va boshqa ko‘plab jihatlardan, ehtimol, IShIDdan yomonroq”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
Tramp Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotiga izoh berib, u yerda amerikalik harbiylarni yo‘qotishni istamayotganini, bu Turkiya va Suriya o‘rtasidagi ixtilof ekanini aytgan. “Suriya bizning do‘st emas, Asad bizning do‘st emas”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Suriyaga bostirib kirish uchun “yashil chiroq” bermaganini aytgan.
Tramp, shuningdek, Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini sobiq ittifoqning Afg‘onistondagi harbiy amaliyotiga qiyoslagan.
AQSh prezidentining fikricha, Suriya va Rossiya IShIDni AQShdan ham yomonroq ko‘radi va terrorchilarni yo‘qotishni o‘zlari ham uddalay oladi. “U davlat sobiq ittifoq deb atalgan, hozir esa Rossiya deb ataladi, chunki Afg‘onistonda shunchalik ko‘p pul yo‘qotganki, juda kichrayib ketgan”, deb aytgan Tramp.
AQSh kurdlarni Turkiya qo‘shinlariga kurashida qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortib, turk amaliyoti o‘tayotgan hududlardan o‘z harbiylarini olib chiqishga qaror qildi. Bungacha AQSh tomondan qo‘llab-quvvatlab kelingan kurd otryadlari AQShning bu qarorini “orqadan pichoq sanchish” deb atashgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

09:20
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

07:40
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda

07:29
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi

00:46