Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida yurak xastaligiga chalingan yoshlar davolanishi uchun xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda
Navoiy viloyatida yurak xastaligiga chalingan yoshlarni davolashga qaratilgan «Mehribon yurak» xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Xayriya aksiyasi orqali tushgan mablag‘lar bolalarning operatsiyadan oldingi va keyingi muolajalari uchun sarflanadi. Tibbiy ko‘rik va operatsiya esa bepul amalga oshiriladi.
Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati mutaxassisi Dilkusho Navro‘zovaning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, xayriya orqali viloyatdagi yurak xastaligiga chalingan, bugungi kunda jarrohlik amaliyotiga zarurati bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan bemor bolalarni davolatish va ularni sog‘lom hayotga qaytarish maqsad qilingan.
Bugungi kunga qadar aksiya doirasida viloyatning tuman(shahar)laridan kelgan yoshlarning 20 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va shifokorlar tomonidan xulosalar berildi.
Bundan tashqari, shu yilning 23 oktabr kuni soat 17:00da «Mehribon yurak» xayriya aksiya tadbirlari doirasida shahardagi «Yoshlar xiyoboni»da gala-konsert dasturi ham tashkil etiladi.
30 noyabr kuni esa jarrohlik amalayoti jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar va ularning ota-onalariga ko‘tarinki kayfiyat berish maqsadida konsert dasturi tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, xayriya aksiyasi tashabbusi viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

22:37 / 30.10.2020
To‘qqiz kunlik bepul tekshiruv: tug‘ma yurak porogi bor bemorlar uchun aksiya o‘tkaziladi

23:06 / 14.11.2019
Ibrat: «Turonbank» oqqonga chalingan bemorlarga 50 mln so‘mlik dorilar taqdim etdi

20:24 / 09.09.2019
O‘zbekistonda Afg‘onistondagi o‘zbek yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda

19:43 / 17.06.2019