AQSh koalitsiyasi o‘zining Suriya va Turkiya chegarasidagi bazasini yo‘q qildi

Foto: U.S. Army / Sgt. Nicole Paese
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Ayn-al-Arab shahri hududidagi bazasidan o‘z kuchlarini olib chiqib ketganidan so‘ng bazani yo‘q qildi, deb xabar berdi SANA agentligi.
Yakshanba kuni kurdlar va Damashq o‘rtasida Suriya shimoli-sharqiga hukumat qurolli kuchlarini kiritish to‘g‘risida kelishuvga erishilgach, Manbij tumani, Tabka bazasi va shahri hamda ilgari “Suriya demokratik kuchlari” nazoratida bo‘lgan Ayn-Issa va Tel-Tamr shaharlari hukumat kuchlari nazoratiga topshirildi.
Amerikalik harbiylar Tabka, Ayn-Issa va Manbijdagi bazalarini ham tark etdi.
Kurdlar va Damashq o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Suriya armiyasi turklar hujumini qaytarish va mahalliy aholini himoya qilish uchun chegara oldidagi butun hududni egallashi lozim.