Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada uzum ichida ignalar aniqlandi
Avstraliyaning Melburn shahridagi supermarketlardan birida sotib olingan uzumda ignalar aniqlandi. Bu haqda 9News portali xabar berdi.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, ignalar Melburnning Kerolayn-Spring tumanidagi supermarketda sotib olingan uzumda topilgan. Bu oxirgi oy ichida shunday uchinchi holatdir. 23 sentyabrda politsiya qulupnayda ignalar topilgani bo‘yicha tergovni boshlagan.

Ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq qulupnayda igna topgan ayollardan biri oshqozoniga igna bo‘laklari tushganini istisno qilish maqsadida shifoxonada tunni o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.
Avstraliya politsiyasi 2018 yil sentyabrda mevalar ichida igna aniqlanishi bilan bog‘liq bir nechta shunday holatni tergov qilgandi. Mamlakatning 6 ta shtatida qulupnayda ignalar aniqlangan. Ushbu jinoyatni sodir etishda qulupnay fermalaridan birida ishlagan 50 yoshli Mi Ut Chin aybdor deb topilgan. Hozirda ayol sud hukmini kutmoqda.
2018 yil 20 sentyabrda hukumat ushbu jinoyat uchun jazo muddatini 10 yildan 15 yilgacha oshirgan. Avstraliya qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu inqiroz oqibatida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i 160 mln Avstraliya dollari (115,8 mln dollar) miqdorida zarar ko‘rgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:29
-
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
Mavzuga oid

07:47 / 15.07.2025
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

23:51 / 14.07.2025
Avstraliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi

19:14 / 14.07.2025
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

18:24 / 10.07.2025