Jahon | 18:16 / 03.10.2019
5124
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh prokuraturasi Honduras prezidenti narkobarondan pora olganini ta'kidladi

Xuan Orlando Ernandes / Foto: Global Look Press/E]Rafael Ochoa

Pakana laqabi bilan tanilgan meksikalik narkobaron Xoakin Gusman Honduras prezidenti Xuan Orlando Ernandesga jinoiy ta'qibdan qutulish uchun 1 mln dollar pora bergan. Bu haqda AQSh federal prokurori yordamchisi Jyeyson Richmen ma'lum qildi.

"Gusman shaxsan 1 mln dollar bergan", - dedi u Honduras prezidentining ukasi Xuan Antonio Ernandes ishi bo‘yicha Manxettenda o‘tayotgan sud majlisida. 

Xuan Antonio Ernandes o‘tgan yil noyabrda AQShda noqonuniy giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingandi.

Honduras prezidenti bu ayblovni rad etdi.

"Ayblovlar 100 foiz yolg‘on, bema'ni va kulgili", - deb yozdi Ernandes o‘zining Twitter sahifasida.

Avgustda Honduras OAVda mamlakat prezidenti o‘zining 2013 yilgi saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish uchun narkomafiyadan mablag‘ olgani haqida xabarlar chop etilgan, natijada prezidentga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgandi.

Mavzuga oid