O‘zbekiston | 20:18 / 28.09.2019
38928
27 daqiqa o‘qiladi

Prezident ta'lim-tarbiya tizimining bir guruh xodimlarini mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Hujjat matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»  

Kuziyeva Karomat Mamitjanovna    -    Sayxunobod tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Sobirov Axmed Yuldashevich    -    Shovot tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi»

Tursunova Maxbuba Mirzaxojoyevna    -    Quva tumanidagi 62-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining biologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Qosimov Isam Jo‘rayevich    -    Arnasoy tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» 

Zakirov Alimjon    -    Jalaquduq tumanidagi «Nurli yo‘l» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati

Kuchkarova Gulnara Maraimovna    -    Uchtepa tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori, Toshkent shahri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» 

Abunasova Roziya To‘rayevna    -    Peshku tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiyi, Buxoro viloyati

Xolodova Natalya Yurevna    -    Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiyi

Yurtimizda ta'lim sohasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish, chuqur bilim va kasb-hunarga ega, mustaqil fikrlaydigan, iqtidorli, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: 

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Artikov Yeshpulat Ruziyevich    -    Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internatining an'anaviy xonandalik bo‘limi o‘qituvchisi

Baubekova Kaljamal Begdullayevna    -    Mehnat faxriysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Iriskulov Muxamadavas Tursunovich    -    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi bo‘lim boshlig‘i

Razakova Uglxan Abdujalilovna    -    Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Tursunov Erkin Atabayevich    -    Toshkent pediatriya tibbiyot institutining gistologiya, patologik anatomiya kafedrasi professori

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Azimova Ra'noxol Sharipovna    -    Sariosiyo tumanidagi «Muruvvat» nogiron ayollar uchun internat uyi enagasi, Surxondaryo viloyati

Akbarova Saodatxon Turg‘unovna    -    Baliqchi tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Akramov Abduxakim Ikromovich    -    Shirin shahridagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Allaberganov Farxod Raximovich    -    Yangiariq tumanidagi 39-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Bazarbayeva Sevar Yuldashovna    -    Toshkent tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati 

Bazarov Faziljon    -    Mehnat faxriysi, Jizzax viloyati

Dadamirzayeva Inobat Murodillayevna    -    Namangan shahridagi 77-umumiy o‘rta ta'lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Irkayev Abduraxim Pandjiyevich    -    Qarshi davlat universitetining milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari kafedrasi dotsenti, Qashqadaryo viloyati

Ismailov Bobir Abduraximovich    -    Ommaviy tadbirlar rassomi, Toshkent shahri

Kasimov Yuldash Ergashevich    -    Olmazor tumanidagi 106-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Kim Ideya Alekseyevna    -    Nukus shahridagi «Imkon» reabilitatsiya markazi uslubchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ramanova Gulparshyn Joldasbayevna    -    Chimboy tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Rasulov Rustam Yavkachovich    -    Farg‘ona davlat universitetining fizika kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati

Ro‘ziyev Temirqul Rajabovich    -    Qorako‘l tumanidagi xalqaro matematika maktabi direktori, Buxoro viloyati

Temirgaliyev Farid Salixovich    -    Samarqand agro-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi ustasi, Samarqand viloyati

Toshmirzayeva Sharofat Mirbabayevna    -    Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Tursunova Rixsigul Baxromovna    -    Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati 

Usmanova Ajargul Ibragimovna    -    Navoiy shahridagi 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori, Navoiy viloyati

Xakimova Nortoji Muxamadiyevna    -    Kattaqo‘rg‘on shahridagi «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori, Samarqand viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Ibragimova Muyassar Kurbanovna    -    Respublika yoshlar markazining Xorazm viloyati bo‘linmasi «Inklyuziv ta'lim» to‘garagi rahbari

Ilov Aslan Nurovich    -    O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori

Korniyenko Valentina Vladimirovna    -    Uchquduq tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Ochilov Shuxrat Saidovich    -    Buxoro tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori, Buxoro viloyati

Sulaymanova Sayyora Ilyashovna    -    Quyi Chirchiq tumanidagi «Fartuna» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari, Toshkent viloyati

Turdiyeva Shoxsanam Sayfullayevna    -    Qarshi shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi enagasi, Qashqadaryo viloyati

Ubayeva Zulfiya Djamilovna    -    Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdullayev G‘ayrat Urolovich    -    Muborak sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Abdullayeva Maxmuda Nishanbayevna    -    Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Allakov Ismail    -    Termiz davlat universitetining algebra va geometriya kafedrasi mudiri, Surxondaryo viloyati

Ashurov Qahramonjon Xayidboyevich    -    So‘x tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Bo‘riyev Sulaymon    -    Buxoro davlat universitetining biologiya kafedrasi professori, Buxoro viloyati

Vlasova Liliya Vildanovna    -    Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiyi

Jaborova Maxpirat Imomovna     -    Yangiyer shahridagi 5-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati

Jo‘rayev Xusanboy    -    Ulug‘nor tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta'lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Kanaki Eduard Valerevich    -    Chilonzor tumanidagi 103-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Krupskaya Nadejda Vladimirovna    -    Payariq tumanidagi 20-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi, Samarqand viloyati

Kurbonov Xidoyatullo Boboaliyevich    -    Sariosiyo tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Kushner Yelena Natanovna    -    Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Diplomat International School» nodavlat ta'lim muassasasi direktori, Toshkent shahri

Maxkamov Maruf Maxmudovich    -    Chust tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi to‘garak rahbari, Namangan viloyati 

Ruzimova Nafisa Baymuratovna    -    Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati 

Soliyeva Feruza Gofurovna    -    Dang‘ara tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati 

Tuyeva Gulshod Zayniyevna    -    Zarafshon shahridagi Bolalar shaharchasi tarbiyachisi, Navoiy viloyati

Turanova Gulchexra Yyegitaliyevna    -    Bekobod shahridagi 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Fayziyev Ulugbek Ganiyevich    -    Navoiy shahridagi «Zarafshan Golden Group» mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'sischisi, Navoiy viloyati  

Xidirov Sharofiddin Akramovich    -    Sharof Rashidov tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabining chizmachilik va tasviriy san'at fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Chashemov Mansurbek Xalbayevich    -    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiyi

Sharipova Fotima Zaripovna    -    Kogon tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Ergashov Oybek Muxtarovich    -    Shahrixon qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi,Andijon viloyati

Eshbekov To‘lqin Usmonovich    -    O‘zbekiston Milliy universitetining jamoatchilik bilan aloqalar nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti

Yuldashov Gulmirzo Shukurlayevich    -    Gurlan tumanidagi 40-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Abdullayeva Odina Raximjonovna    -    Uychi tumanidagi «Jajji professor» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri, Namangan viloyati

Abduraxmonova Iroda Galabayevna    -    Xonobod shahridagi 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Absatova Mu'tabar Abdumalikovna    -    Sardoba tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Arzimbetova Bibisara Atamuratovna    -    Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi katta o‘qituvchisi

Axmedjanova Gulsaraxon Maxmudovna    -    Olmazor yengil sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi ustasi, Toshkent shahri

Axmedxodjayev Xamit Tursunovich    -    Namangan muhandislik-texnologiya institutining tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi professori, Namangan viloyati

Axunjonova Gulsanam Fazildinovna    -    O‘zbekiston tumanidagi 1-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati

Ashurova Umidaxon Maxmudjanovna    -    Andijon shahridagi «Bolajon bahori» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri, Andijon viloyati

Baratova Zumrad Raxmatillayevna    -    Ohangaron tumanidagi «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi enagasi, Toshkent viloyati

Burxonov Barot G‘afforovich    -    Sherobod tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Businova Gulnora Boybutayevna     -    Olmaliq shahridagi 23-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati 

Vaxidova Lola Abdullayevna    -    Xatirchi tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati 

Davidova Dilafruz Abduganiyevna    -    Yangiyo‘l shahridagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Djalilov Umbar Xurramovich    -    Oltinsoy tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati 

Djalilova Xilola Xolyigitovna    -    Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Djurayev Abdimurat Oralovich    -    Uzun tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Yeshimbetova Kamila Shamilevna    -    Nukus shahridagi 46-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yeshmuratov Rasul Maxsudovich    -    Taxtako‘pir tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jabbarqulova Nilufar Murtozayevna    -    G‘allaorol tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Janibekov Baxtiyar Suleymanovich    -    Qo‘shrabot tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Jumayeva Go‘zal Bahodirovna    -    Sergeli tumanidagi 301-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Jurayeva Xafiza Berdiyorovna    -    Nishon tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Inomova Zamiraxon Telmanovna    -    Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Karimova Muyassar Xayitboyevna    -    Yangibozor tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati 

Ko‘qonova Muniraxon Madaminovna    -    Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Qambarova Gulnoraxon Zoxidjonovna    -    Asaka tumanidagi 24-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Mavlonova Mamura Usmanovna    -    Qo‘qon shahridagi 12-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati

Mamarasulova Sabohat Shoqosimovna    -    Qo‘shrabot tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Miraxmedova Sojida Mirzatillayevna    -    Bo‘stonliq tumanidagi G‘azalkent xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Mirzayev Muhiddin Juraqobilovich    -    Yakkabog‘ tumanidagi 94-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Mirzayeva Mahbuba Abduqodirovna    -    Urgut tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Mullaboyev Abdurasul Ergashevich    -    Uychi tumanidagi 13-bolalar musiqa va san'at maktabi o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Mullajonova Iroda Sobirovna    -    Piskent tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Nazarova Shazadaxon Turdaliyevna    -    Oltinko‘l tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Narziyev Xolmurod Sadinovich    -    Navbahor tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Norboyeva Nodira Nasrullayevna    -    Tayloq tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Nosirova Nargiza Xolmurodovna    -    Qiziltepa tumanidagi 39-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Nosirova Shoxida Rasulovna    -    Jizzax yengil sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta'limi ustasi, Jizzax viloyati 

Ollaberganova Leninza Boltabayevna    -    Xiva shahridagi Bolalar shaharchasi direktorining o‘quv va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Xorazm viloyati 

Rasulov Baxram Narimanovich    -    Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sambo kurashi bo‘yicha murabbiyi, Andijon viloyati

Raximov O‘ral Malikovich    -    Boysun tumanidagi 6-bolalar musiqa va san'at maktabining baxshichilik yo‘nalishi o‘qituvchisi,  Surxondaryo viloyati

Raxmanov Uchqun Toshpo‘latovich    -    Qarshi shahridagi «ILM-U ZIYO SCHOOL» nodavlat ta'lim muassasasi direktori, Qashqadaryo viloyati

Raxmonov Umid Olimovich    -    O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Sadikova Baxtiniso Isanovna    -    Zafarobod tumanidagi  14-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Samatova Gulchexra Mirxaidovna    -    Boyovut tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati 

Saparniyazova Muyassar    -    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti

Sattarov Axmad Abdinazarovich    -    Qumqo‘rg‘on qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati 

Sisoyeva Yuliya Vladimirovna    -    Angren shahridagi 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati 

Sulaymonova Zilolaxon Turg‘unboyevna    -    Bag‘dod tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Suyarova Zebiniso Eshonkulovna    -    Bulung‘ur tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Talipov Erkin Daliyevich    -    Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Tuyg‘unov Mirza Jumayevich    -    Chiroqchi tumanidagi 112-umumiy o‘rta ta'lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Turayeva Guzal Ruziboyevna    -    Qarshi shahridagi 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Turgunova Mamlakat Artikbayevna    -    Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Namangan viloyati 

Tursunova Kamolatxon Xakimjonovna    -    Oltiariq tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati 

Umarqulov Abdusattar Amanboyevich    -    Marhamat tumanidagi 31-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Xakimova Gulmira Abdullayevna    -    Yunusobod tumanidagi 260-umumiy o‘rta ta'lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Xakimova Sayyora Kubayevna    -    Mirzaobod tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Xalimova Dilbar Ibadulloyevna    -    Buxoro shahridagi 3-umumiy o‘rta ta'lim maktabining milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Xamrayev Nosirjon Kamalovich    -    Chortoq tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati 

Xusanova Hafiza Shirinboyevna    -    Navoiy shahridagi Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Navoiy viloyati 

Hamroyeva Matluba Saidovna    -    Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi tarbiyachi yordamchisi, Buxoro viloyati

Shodmanova Shaxnoza Kurdashevna    -    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyning kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Eraliyeva Gulchexra Tuxtamaxamadovna    -    Buvayda tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta'lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Yusupova Gulistan Jamalatdinovna    -    Qorao‘zak tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yusupova Muyassar Xalliyevna    -    Beruniy tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yaqubova Ma'mura Isaqjonovna    -    Urganch shahridagi 29-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

 

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                        Sh.Mirziyoyev

Mavzuga oid