Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlari va ularning murabbiylarini davlat mukofoti bilan taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.
«Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Xususan, joriy yilning 9-21 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80ga yaqin mamlakatlari o‘rtasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qo‘shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun ular faxriy unvon va medallar bilan mukofotlandi», deyiladi farmon matnida.
Farmonga ko‘ra, jahon chempionlari Bahodir Jalolov va Mirazizbek Mirzaxalilov «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, Shahobiddin Zoirov esa «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni bilan taqdirlandi.
«O‘zbekiston iftixori»
Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»
Qurbonov Marat Galiyevich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Qilichev To‘lqin Maxmurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha murabbiyi
Erkayev Baxodir Turgunovich - Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi»
Zoirov Shaxobidin Shokirovich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
«Shuhrat» medali bilan
Axmedov Burxon Baxramovich - Paxtakor tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi, Jizzax viloyati
Qilichev Farruh Komilovich - Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 9-21 sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan turnirda 3ta oltin (Bahodir Jalolov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahobiddin Zoirov), 1ta kumush (Dilshodbek Ro‘zmetov) va 1ta bronza (Bobousmon Baturov) medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va jahon chempionatlarining eng yaxshi natijasini qayd etgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

10:01 / 22.07.2025
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi

08:21 / 20.07.2025
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi

13:53 / 10.07.2025
O‘zbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shadigan hissasi ortadi

10:27 / 09.07.2025