Ichki ishlar organlarida yangi bo‘limlar tashkil etildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlarining xizmat itlari naslchilik pitomnigi, kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limlari hamda tumanlararo kinologiya guruhlari tashkil etildi, ularning vazifalari belgilandi.
Qarorga ko‘ra:
og‘ir, o‘ta og‘ir, shaxsga qarshi jinoyatlarni xizmat itlari ishtirokida fosh etgan kinologiya xodimiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdorida pul mukofoti beriladi;
kinologiya bo‘linmalari xodimlari uchun har yili Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida sirtqi ta'lim olishga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining bir foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.
Qaror bilan Ichki ishlar vazirligining alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar uchun “3 - toifali kinolog”, “2 - toifali kinolog” va “1 - toifali kinolog” idoraviy ko‘krak nishonlari ta'sis etildi.
Shuningdek, qaror bilan kinolog xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan maxsus malaka toifasi berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, maxsus malaka toifasi uchun to‘lov mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining:
“3 - toifali kinolog” uchun – bir baravari miqdorida;
“2 - toifali kinolog” uchun – ikki baravari miqdorida;
“1 - toifali kinolog” uchun – uch baravari miqdorida belgilandi.
Mavzuga oid

10:48 / 03.07.2025
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

13:25 / 01.07.2025
Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

14:49 / 24.06.2025
Birlamchi tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi tasdiqlandi

14:35 / 24.06.2025