Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ipak qurti boqish jarayoni aholi xonadonlaridan qachon chiqariladi?
Bugun, 9 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda mutasaddilar O‘zbekiston Prezidentining “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishgan.
Tadbir davomida tut ipak qurti boqish jarayoni qachon aholi xonadonlaridan olib chiqib ketilishi va maxsus qurtxonalarga o‘tkazilishi borasida savol bilan murojaat qilindi.
« Albatta, siz aytganingizdek, maxsus qurtxonalar kerak. Sababi, maxsus qurtxonalar qanchalik ko‘paysa, pilla hajmi ham shuncha ko‘payadi (ipak qurti aholi xonadonlarida boqilganda turli omillar hisobiga ko‘proq yo‘qotiladi, tah.). Ammo bunday maxsus qurtxonalar tut plantatsiyalarining yonida quriladi va ular 5-10 qutiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Lekin bu degani xonadonlarda ipak qurti boqish majburiy amalga oshirilayapti, degan ma'noni bermaydi. Aholi moddiy mafaatdorlik tufayli ham qurt boqadi.
Buning o‘rniga aholi xonadonlarida ham tejamkor texnologiyalarni ko‘proq joriy qilishni foydaliroq deb hisoblaymiz. Masalan, avvallari juda katta hajmdagi maydonda kam miqdordagi pilla qurti boqilardi. Hozir, ipak qurti boqishda zamonaviy texnologiyalari mavjud, ular yordamida kichik maydonlarda ham ko‘p miqdorda ipak qurti boqish mumkin.
To‘g‘risini aytish kerak, ipak qurti boqish jarayonini yuz foizga aholi xonadonlaridan olib chiqib ketishni iloji yo‘q», -deya Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Sayfiddin Valiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

17:15 / 06.05.2025
“Buning gashti bor”: uyida ipak qurti boqayotgan oqbo‘yralik oila

17:42 / 17.08.2023
Bahrom Sharipov qo‘mita rahbarligidan ketdi

15:24 / 19.05.2023
Mayda qurtdan betakror pillagacha - ipak qurti qanday boqiladi?

11:08 / 09.04.2023