Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butun dunyo kimyoviy vositalardan voz kechmoqda. Bizda holat qanday?
19-20 avgust kunlari Toshkent shahar Yoshlar markazi binosida «Barqaror qishloq xo‘jaligi» mavzusida 6 - PGRP Osiyo Bioo‘g‘itlar xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
O‘zbekiston Milliy universiteti va «Ecobiome Research & Development Ltd» tomonidan, «Osiyo Bioo‘g‘itlar» jamiyati, «Auburn» universiteti (AQSh), «ICRISAT», «ICAR», «Hindiston» jamiyatlari bilan hamkorlikda tashkil qilingan mazkur forum doirasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida o‘simliklarning turli xil kasalliklariga samarali va innovatsion tarzda ishlab chiqarilgan so‘nggi avlod bioo‘g‘itlaridan foydalangan holda qarshi kurashish, shuningdek, kimyoviy o‘g‘itlardan xoli, toza va organik meva va sabzavotlarning eksportbop navlarini yetishtirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida «Ecobiome Research & Development Ltd» jamiyati rahbari Dilfuza Egamberdiyeva Kun.uz saytiga xalqaro anjumanning O‘zbekiston uchun ahamiyati borasidagi o‘z fikrlarini bo‘lishdi.
«Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda xalqaro konferensiyalar juda kam tashkil qilinadi. Bizda shuningdek, ilmiy yo‘nalishdagi yangilik, ilmiy yangiliklar bilan ishlash uchun esa texnologiyalar juda kam. Shu sababdan ham, mazkur anjumanni O‘zbekistonda tashkil qilishga qattiq harakat qildik.
Tadbirning homiylari turli davlatlarning hamkor firmalari hisoblanadi. Halqaro firmalar esa bizga shunchaki kelishmaydi, ular ilmiy yo‘nalishdagi ishlanmalarga investitsiyalar ham olib kelishadi. Jumladan, anjumanning birinchi kunida biz hamkorlarimiz bilan O‘zbekistonda ham yirik biotexnologiya markazini qurish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdik. Qurilishi rejalanayotgan markazda o‘z-o‘zidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun foydali bo‘lgan ilmiy yangiliklar qilinadi», deydi u.
Dilfuza Egamberdiyeva shuningdek, qishloq xo‘jaligida bioo‘g‘itlardan foydalanish va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda kimyoviy o‘g‘itlarning hissasini kamaytirish borasida dunyo davlatlarida qilinayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, «O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligida hali juda ko‘p islohotlar qilinishi kerak. Ikkinchidan, Respublikada qishloq xo‘jaligiga bioo‘g‘itlarni joriy qilish sohasida sanoqli mutaxassis ish olib boradi, tabiiyki, bizda soha ham yaxshi rivojlanmagan.
Bilasizmi, hozir butun dunyo qishloq xo‘jaligida kimyoviy vositalardan voz kechish jarayoni kechmoqda. Supermarketlarda ham xarid qilish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar organiq va kimyoviy turlarga ajratib sotilmoqda. Ularning narxlarida ham farq katta. Buning sababi, aynan kimyoviy vositalar insonda turli kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Hatto, shunday fungitsidlar borki, ularni o‘simlikda qo‘llanishi oqibatida insonda rak kasalligi rivojlanadi.
Bundan tashqari, bizdagi statistikalar, aynan kimyoviy vositalar ta'sirida yetishtirilgan mahsulotlar iste'moli organizmda turli o‘zgarishlarga olib kelayotgani, homilador ayollar va ulardan tug‘iladigan chaqaloqlarda yangicha kasalliklar rivojlanishi ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Shu sababdan, dunyoning rivojlangan davlatlarida kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi firmalar yopilib, bioo‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning mahsulotlariga talab ortib bormoqda.
O‘zbekistonda bu borada hali imkoniyat bor, biz birinchi o‘rinda sohani yaxshi biladigan mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelishimiz kerak. Chunki ilmiy ishlanmalar uchun yuzlab laboratoriyalaringiz bo‘lsin, unda yaxshi mutaxassis bo‘lmasa natija ham sezilmaydi. Bu juda jiddiy masala, bizda vaqt ko‘p emas, chunki bunday vositalar allaqachon bizda qo‘llanilmoqda», deydi «Ecobiome Research & Development Ltd» jamiyati rahbari Dilfuza Egamberdiyeva.
Ma'lumot uchun, Osiyo Bioo‘g‘itlar uyushmasi 2009 yilda AQShda notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, mazkur tashkilot har ikki yilda bir marta dunyo olimlari, tadqiqotchilar, akademiklar, hukumat guruhlari, talabalar, fermerlar, sanoat xodimlari va boshqa qishloq xo‘jaligi sohasidagi xodimlar bilan uchrashib, bioo‘g‘itlar, biofungitsid va biostimulyatorlarni o‘qitish, tadqiq qilish va tijoratlashtirishda ularning umumiy manfaatlarini muhokama qilinadi.
Hindiston, Xitoy, Filippin, Indoneziya va Vetnamdan so‘ng O‘zbekistonda o‘tgan oltinchi xalqaro anjumanda 500 dan ortiq delegatlar, 13 ta korporativ homiylar va 8 ta qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:22
-
🔴LIVE: AQSh Hamasdan “arazladi”, Suriyada saylov belgilandi | “Geosiyosat”
Jahon | 11:10
-
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:42
Mavzuga oid

12:06 / 26.07.2025
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

09:45 / 21.07.2025
O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi sohasida Serbiya bilan hamkorlik qiladi

21:56 / 19.07.2025