Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Va'da va'daligicha qolmoqda: Paxtachidagi abgor yo‘l ta'miri yakuniga yetkazilmayapti
Kun.uz saytida joriy yilning 11 fevral kuni «Paxtachidagi abgor yo‘l yoxud Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasining «ajoyib» xati» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Unda Paxtachi tumanidagi «Sardoba» va «Quvondiq» mahallalari orasidan o‘tgan ichki yo‘lning abgor holati, yozda chang, yog‘ingarchilik kunlari loy va balchiqqa aylanishi, bu esa aholi va avtomobillar qatnoviga noqulaylik tug‘dirayotganligi, ayniqsa, shu yo‘ldan darsga qaytayotgan maktab o‘quvchilari qiynalayotganligi yoritilgan edi.
Ushbu tanqidiy maqoladan so‘ng Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i Q.Hasanov mazkur maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Paxtachi tumanidagi 4K562 «M-37 avtomobil yo‘lidan Sultonobod-Abdiamin» mahalliy yo‘lini ta'mirlash ishlari 2019 yil 12 fevralda boshlanishi haqida tahririyatga ma'lumot bergandi.
Boshqarma tomonidan taqdim etilgan ma'lumotni joyida o‘rganganimizda haqiqatan ham yo‘lni ta'mirlash ishlari boshlanganligiga guvoh bo‘lgandik.
Boshqarma boshlig‘i Q.Hasanov imzosi bilan aholi murojaatlariga yo‘llagan javoblarida «Quvondiq» mahallasi hududida joylashgan umumfoydalanuvdagi yo‘lni ta'mirlash 2019 yil I choragida joriy ta'mirlash mablag‘lari hisobidan Paxtachi TYFUK tomonidan ta'mirlanishi bildirilgan.
O‘rganishimiz davomida Q.Hasanov ushbu yo‘l ta'mirini belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazishga va'da bergandi. Ammo bu va'da bajarilmay qoldi.
Ushbu masala yuzasidan mahalla aholisi tahririyatga takroriy murojaat yo‘lladi.
Murojaatni o‘rganish davomida ma'lum bo‘lishicha, ayni vaqtda yo‘lning bir qismi ta'mirlangan, biroq yakuniga yetmay qolib ketgan. Asfalt uchun tayyorlab qo‘yilgan ko‘chadan ko‘tarilgan chang aholi uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda. Ayniqsa, allergik kasalliklari bor bo‘lgan fuqarolar bundan aziyat chekmoqda. Bir necha oydan buyon yo‘l ta'miri to‘xtab qolgan.
Aholining ko‘plab murojaatlari asosida ushbu masala yuzasidan Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi mas'ullari bilan bir necha marta bog‘landik. Har safar ta'mir ishlari davom etishini va'da qilgan mas'ullar va'dasini bajarmay kelmoqda.
Dastlabki o‘rganishimizda maktab o‘quvchilari bu yo‘ldan yog‘ingarchilik kunlarida darsga qatnashga qiynalayotganligini alohida ta'kidlagan edik.
Bosh boshqarma mutasaddilari mas'uliyatni his qilmay, o‘z va'dalarini bajarishmasa, bu yil ham mazkur holat takrorlanadigan ko‘rinadi.
Kun.uz Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi aholini qiynayotgan ushbu muammoga jiddiy e'tibor qaratib, ijobiy hal etishiga ishonch bildiradi.
Bardoshbek SAMAD o‘g‘li,
Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
-
Xitoy Yevropadan nega norozi?
Jahon | 20:09
Mavzuga oid

21:26 / 03.05.2025
Samarqandda o‘quvchilar uzr uchun tiz cho‘ktirildi

18:30 / 17.10.2021
Bolalar bog‘chalaridagi tashmachilik: qachon autsorsing tizimiga to‘liq o‘tiladi?

11:37 / 17.09.2020
Samarqandda yuk mashinasi va Lasetti ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi

20:09 / 29.03.2020