Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Unga Kumush deb ism qo‘yganmiz». Xitoydan kelin olgan o‘zbek xonadoniga tashrif

Yodingizda bo‘lsa, yaqindagina saytimiz orqali «Inson o‘z baxti uchun masofadan qo‘rqmasligi lozim». Xitoylik qiz Sirdaryoga kelin bo‘ldi» sarlavhali maqolani e'lon qilgan edik.
Unda o‘zbek yigiti Murodjon Xitoy yurtidan o‘z baxtini topgani, turmush o‘rtog‘i bilan tanishishi tarixi, ota-onasini rozi qilishi va to‘y tafsilotlari haqida so‘z yuritilgan edi.
Maqola ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi, ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirganlar orasida to‘ydan keyin qaynona va kelin munosabatlariga qiziqish bildirganlari ham yetarlicha edi. Darhaqiqat, kelin boshqa millat vakili bo‘lib, til va madaniyat jihatdan farq qilishi – o‘zbek xonadonlarida ko‘p ham kuzatilavermaydigan holat.
Biz ijodiy guruhimiz bilan Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Ulug‘obod mahallasida yashayotgan, Chin yurtidan kelin tushirgan bu oilaning mehmoni bo‘ldik. Xonadonga kirib borishimiz bilan xitoylik kelin Li Ting bizga o‘zbek milliy urf-odati – kelin salom soldi. So‘ng bizni ichkariga taklif qilishdi. Birpasda dasturxon yozishib, suhbatga tayyorlandik. Kelinimiz Li Ting – o‘zbekcha ismi Kumush – choy damlab, o‘tirganlarga birma-bir uzatdi.
Murodjonning otasi Negmat aka bilan suhbatlasharkanmiz, u dastlab to‘yga qarshi bo‘lgani, keyinchalik o‘g‘lining maqsadi jiddiy ekanligini bilgach rozi bo‘lganini gapirib berdi.
Xitoylik kelinning qaynonasi bilan ham suhbatimiz qizg‘in kechdi. Ona ham avvaliga qarshilik qilganini aytib, so‘ng nima sababdan rozilik berganini so‘zlab berdi.
Biz yosh kelin-kuyov – Murodjon va Li Ting bilan ham suhbatlashdik. Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

12:41 / 11.07.2025
Buxoroda kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 7 yilga qamaldi

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:59 / 21.06.2025