Audi kompaniyasining sobiq rahbari tovlamachilikda ayblanmoqda

Foto: REUTERS
Audi avtokonsernining sobiq rahbari Rupert Shtadlerga tovlamachilik, sertifikatlarni soxtalashtirish va reklamada yolg‘on ma'lumotlarni berish ayblovi qo‘yildi. Bu haqda Myunxen prokuraturasi ma'lum qildi.
Shtadlerga shuningdek, Audi konserni dizel motorlari bilan bog‘liq dasturiy ta'minotni soxtalashtirish fakti aniqlanganidan keyin ham "manipulyatsiya qilingan avtomobillar"ni sotishni davom ettirish ayblovi qo‘yilmoqda.
Aniqlanishicha, konsern rahbari bu firibgarlik haqida 2015 yil sentyabrida bilgan, ammo Audi va Volkswagen avtomobillarini sotishni davom ettirishga buyruq bergan yoki ularning sotilishiga to‘sqinlik qilmagan.
Shtadlerdan tashqari, kompaniyaning yana uch nafar xodimiga ayblov e'lon qilingan. Ular noqonuniy dasturiy ta'minot o‘rnatilgan elektron boshqaruv bloki bilan jihozlangan Audi, Volkswagen va Porsche avtomobillari uchun dizel dvigatellari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishgan.
Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, bu dvigatellar 250 mingdan ortiq Audi, 72 mingta Volkswagen va 112 mingta Porsche avtomobillariga o‘rnatilgan.
"Dizel mojarosi" 2015 yilda boshlangan bo‘lib AQSh hukumati Volkswagen konserni dizel dvigatellaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdori haqidagi ma'lumotlarni ataylabdan kamaytirib ko‘rsatganligini aniqlagandi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Nimani gaplashamiz?» – Putin Kiyev bilan oliy darajada muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi
Jahon | 20:34
-
«Dalillar barcha teraktlar Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilganini ko‘rsatmoqda». Bastrikin - Kursk va Bryansk oblastlaridagi portlashlar haqida
Jahon | 20:04
-
iHamkor startaplar uchun biznes ma’lumotlaridan bepul foydalanish dasturini ishga tushirmoqda
Jamiyat | 20:00
-
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47
Mavzuga oid

11:15 / 08.04.2025
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi

11:26 / 18.03.2025
Audi 2029 yilgacha Germaniyada 7500 ta ish o‘rnini qisqartiradi

20:49 / 16.09.2024
Bryusselda Audi zavodining yopilishiga qarshi ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi

13:21 / 28.06.2023