Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi Telegram kanallar soxta foydalanuvchilardan «tozalanmoqda»

So‘nggi kunlarda jahon bo‘ylab ayrim mashhur, «millioner» Telegram kanallardagi obunachilar soni keskin kamayib ketishi kuzatilmoqda. Bundan O‘zbekistondan turib yuritiladigan va xalq o‘rtasida ommalashgan ayrim Telegram kanallar ham mustasno emas. Buni Telegram kanallar haqidagi statistik ma'lumotlarni kuzatib boruvchi Telegram Analytics saytida ko‘rish mumkin.
Bir muddat avval Osiyoning janubiy qismida ixtiro qilingan usul — soxta akkauntlar hisobiga kanal obunachilarini ko‘paytirish avj olgan va O‘zbekistondagi ayrim «ko‘ngilochar» Telegram kanallar o‘z obunachilari sonini millionlik ko‘rsatkichlarga yaqinlashtirib olishgan edi.
Ular bu usuldan foydalanib, reklama beruvchilarning reklamasini aslida yo‘q foydalanuvchilarga go‘yoki namoyish etishga qiziqtirib, aldab kelishayotgandi.
Endi Telegram asoschilari kanallardagi botlar va soxta foydalanuvchilarga qarshi kurash e'lon qilgan ko‘rinadi. Buning oqibatida foydalanuvchilar sonini sun'iy oshirgan kanallarga «qirg‘in» keldi. O‘tkazilayotgan profilaktika sababli aynan mana shunday shubhali kanallar kuniga 30-60 minglab «foydalanuvchisi»dan judo bo‘lmoqda.
«Obunachilar sonini ko‘paytirish xizmati»dan foydalanmagan kanallarda esa muntazam o‘sish davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi
O‘zbekiston | 14:03
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi
Jahon | 13:56
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
Mavzuga oid

13:40 / 11.01.2025
Internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda - olimlar

12:32 / 11.01.2025
Tadqiqot: Xorvatiyada Rossiya botlari kampaniyasi boshlangan

12:00 / 04.07.2024
O‘zbekistonda 9 yoshli bola sun’iy intellektning tayyor tizimlari asosida ishlovchi bot yaratdi

10:31 / 26.05.2024