Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Android'da xavfli kamchilik paydo bo‘ldi. Video orqali hujumga uchrash mumkin

Android'da yangi xavfli kamchilik paydo bo‘ldi. Endi smartfon egasi video orqali hujumga uchrashi mumkin. Bu Android'ning 7.0 dan 9.0. gacha versiyasida bo‘lgan barcha smartfonlariga aloqador.
Tuzuvchi-mutaxassis Marsin Kozlovskiy Android'da xavfli zaiflikni aniqladi. Agar siz zararlangan videorolikni tomosha qilsangiz, hakerlar u yordamida smartfoningizni buzib kirishlari mumkin. Ushbu xatolik Android 7.0, 8.0 va 9.0 versiyalarida mavjud.
Uskuna faoliyati va ma'lumotlariga tajovuz qilish uchun videoni kodlash, uni internetga yuklash va kimdir uni yuklab olishini kutish kifoya. Agar smartfonda shunday rolik tomosha qilish boshlansa, zararli kod ishga tushadi. Shu tarzda haker sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni o‘g‘irlashi, telefonni o‘chirib qo‘yishi yoki uning ustidan to‘liq nazoratni egallashi mumkin.
Agar video biror yo‘l bilan o‘zgartirilsa zararlovchi kodlar ishdan chiqadi. YouTube, unga o‘xshash xizmatlar va turli xil messenjerlar bu kabi videolarni birinchi navbatda siqib chiqaradi, natijada tahdid yo‘qqa chiqadi. Ammo video sizga pochta yoki messenjer orqali fayl shaklida yuborilsa virus yuqtirgan holda qurilmaga o‘rnashadi.
Google allaqachon muammoni hal qiladigan patch o‘ylab topdi. Yangilanish barcha smartfonlarga o‘rnatilishini kutish qoldi xolos va shu davr oralig‘ida internetdan video yuklashni iloji boricha cheklash tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi

21:16 / 04.02.2025
iPhone smartfonlarida birinchi marta troyan-virus aniqlandi

09:33 / 16.01.2025
Germaniyada chorva mollari orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Ko‘plab mamlakatlar go‘sht importini taqiqladi

18:11 / 11.12.2024