Jahon | 23:11 / 21.07.2019
10452
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik ixtirochi o‘zi yaratgan qurilmada La-Mansh ustidan uchib o‘tishni rejalashtirmoqda 

Foto: EPA/Vostock-photo

Fransiyalik sportchi va ixtirochi Frenki Zapata kelayotgan payshanba, 25 iyulda o‘zi yaratgan “flaybord” uchar qurilmasida Fransiya va Britaniyani bog‘lab turuvchi La-Mansh bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tishni rejalashtirmoqda. 

Ixtirochi 1909 yil 25 iyulda aviator Lui Blerio tomonidan La-Mansh ustidan amalga oshirilgan ilk parvozning yuz yilligini shu tariqa nishonlamoqchi. 

Rejaga ko‘ra, reaktiv platformadagi parvoz 20 daqiqa vaqt oladi. Qurilma Fransiyaning Kale shahri yaqinida havoga ko‘tarilib, Britaniyaning Duvri yaqinida qo‘nadi. Zapata belgilangan joyga yo‘lning yarmida qurilmasiga yonilg‘i quyib oladi. Uchar platforma 140 km/soat tezlik bilan parvoz qilishi kutilmoqda.

14 iyulda Zapata Fransiya milliy bayrami - Bastiliyaning olinishi kuni sharafiga o‘tkazilgan paradda o‘z qurilmasida ko‘rgazmali parvozni amalga oshirgan.

“Men paradda qurilmaning 3 foiz imkoniyatidan foydalandim va La-Manshni kechib o‘tishim uchun uning 99 foiz imkoniyati kerak bo‘ladi. Bu oson ish bo‘lmaydi. Fikrimcha, muvaffaqiyatga erishishga imkoniyatim 30 foizni tashkil qiladi”, deb aytgan sportchi.

Mavzuga oid