Amsterdam aeroportida ikki samolyot to‘qnashib ketdi

Foto: © Jye Sandiford
Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti terminali yaqinida EasyJet va KLM aviakompaniyalariga tegishli samolyotlar to‘qnashib ketdi. Bu haqda Dutch News nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, seshanba kuni Boeing 737-800 va Airbus A320 samolyotlari to‘qnashib ketgan. KLM aviakompaniyasi samolyoti Madridga, YeasyJet aviakompaniyasi samolyoti esa Londonga uchishi kerak bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida samolyotlardan biriga shikast yetgan. Yo‘lovchilar boshqa samolyotga chiqarilgan. Voqeada hech kim jabrlanmagan.
Ta'kidlanishicha, bu Amsterdam aeroportida bir yil ichida yuz bergan ikkinchi ana shunday hodisadir. Fevralda KLM aviakompaniyasining ikki samolyoti to‘qnashib ketgandi.
Mavzuga oid

09:27
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

17:10 / 07.03.2025