Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AIBA G‘ofur Rahimovni yolg‘onchilikda ayblagan Umar Kremlevga nisbatan surishtiruv boshladi

Umar Kremlev / Foto: RIA Novosti
AIBA (Xalqaro boks uyushmasi) 2019 yil 1 iyul kuni o‘z saytida AIBA Ijroqo‘mi a'zosi, Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlevga nisbatan intizomiy ish ochilgani haqida rasmiy bayonot berdi.
Bayonotda aytilishicha, o‘tgan hafta oxirida Jyenevada (Shveytsariya) AIBA Ijroqo‘mi Umar Kremlevga qarshi surishtiruv boshlash uchun ovoz bergan. Bu jarayon AIBA Intizom komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kremlev 2018 yil noyabrida AIBA Ijroqo‘mi a'zoligiga nomzod sifatida o‘zini ilgari surganida sudlangani to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yashirishda gumonlanmoqda. AIBA nizomiga ko‘ra, ilgari sudlangan shaxslar Assotsiatsiya Ijroqo‘mi a'zoligiga saylanishi mumkin emas.
Rossiya va xorijiy matbuotda e'lon qilingan turli xabarlarga ko‘ra, Umar Kremlev Rossiya Federatsiyasida 2004 va 2007 yillarda ikki marta sudlangan. O‘sha paytda u tug‘ilgan paytida olgan Lutfulloyev familiyasida bo‘lgan, sudlardan keyin uni o‘zgartirib, Kremlevga aylangan.
Bundan tashqari, AIBA Intizom komissiyasi 27 iyun kuni Umar Kremlev tomonidan AIBA prezidenti G‘ofur Rahimovning obro‘si va ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazadigan, axloqqa zid hamda asossiz bayonotlar bo‘yicha surishtiruv boshladi.
AIBA muvaqqat prezidenti Muhammad Mustaxsan bu bayonotlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qildi:
«Ba'zi shaxslar o‘zi va shaxsiy kun tartibini bizning sport turidan ustun qo‘yganini aqlga sig‘mas narsa, deb hisoblayman».
AIBA’ning avvalgi prezidenti bo‘yicha AIBA saytida e'lon qilingan bayonotda quyidagilar qayd etilgan:
«AIBA Ijroqo‘mi nomidan biz janob G‘ofur Rahimovga tashkilotimiz manfaati yo‘lida amalga oshirgan barcha ishlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz. AIBA’dagi o‘z rahbarligida u AIBA’ni bankrotlikdan saqlab qolish va uyushmamiz ma'muriyatini qayta tashkil etishga katta hissa qo‘shdi».
Bundan oldin, AIBA Ijroqo‘mi a'zosi, Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev G‘ofur Rahimovni yolg‘onchilikda ayblagandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)
Jamiyat | 11:56
-
London va Parij yadroviy tiyib turuvchi kuchlarni muvofiqlashtiradi
Jahon | 11:53
-
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 11:33
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
Mavzuga oid

10:55 / 24.07.2024
XOQ Umar Kremlev boshchiligidagi boks federatsiyasini tashkilotdan chetlatdi

18:50 / 12.12.2023
Bizda G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoyat ishi mavjud emas - IIBB

17:49 / 05.05.2023
G‘ofur Rahimovning turmush o‘rtog‘ini chuv tushirganlikda ayblanayotgan aka-uka uzoq muddatga qamaldi

17:47 / 16.04.2022