O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni olishdi
Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha 15-Osiyo chempionati yakunlandi. Unda 20 ga yaqin mamlakatdan jami 200 ga yaqin ishtirokchilar bellashdilar. Bahslar shaxmatning standart, rapid va blits yo‘nalishlarida 9 kun mobaynida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar 12 kategoriyada dona surdilar. Yurtdoshlarimiz 19 ta oltin, 13 ta kumush va 16 ta bronza, jami 48 ta medal olib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladilar.

Jamoaning g‘alabasiga Islamov Shahzod, Hamdamova Afruza, Rahmatullayev Almas, Alimova Sevinch, Abdusalimov Abdumalik, Allaberganov Akbar, Mirpo‘latov Mirabror, Madaminov Muhiddin, Omonova Umida, Shermuhammedov Samandar, Husayinova Ozodalar oltin medallari bilan katta hissa qo‘shdilar.








Chempionat O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi, Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi va “Raqamli ishonch” jamg‘armasining an'anaviy homiyligida tashkil etildi.
Hamza Umarov
Mavzuga oid

11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi

00:38 / 11.02.2025
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

11:59 / 11.01.2025
2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi

14:51 / 01.03.2024