Chovusho‘g‘li Turkiya AQSh tahdidlariga qaramasdan S-400 majmualariga ega bo‘lganini aytdi

Foto: Stanislav Krasilnikov/TASS
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Anqara Vashington tomonidan tahdidlar bo‘lganiga qaramasdan, Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualariga ega bo‘lganini bildirdi.
"Biz AQShning bayonotlariga qaramasdan va sanksiyalar bo‘yicha qanday qaror qabul qilinishidan qat'i nazar, S-400’ga ega bo‘ldik. Hozirda Turkiyaga S-400 yetkazib berish masalasi muhokama qilinmoqda. Biz bu tizimdan voz kechmaymiz", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi NTV telekanali.
Chovusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, hech bir davlatning "Turkiyaga biror-bir buyruq berishga haqqi yo‘q".
AQSh Turkiyaning S-400’larni sotib olishiga qarshi chiqmoqda va Anqaraga sanksiyalar solish bilan tahdid qilmoqda. Turkiya o‘z navbatida majmualar AQShga xavf solmasligini va Anqara ularni sotib olishdan voz kechmasligini aytib keladi.
Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Turkiyaga to‘rtta S-400 divizionini yetkazib beradi. Shartnoma qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

19:11 / 13.03.2025