Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti velosipedda o‘tirib to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarda velosipedda nishonlar oldidan o‘tayotib, to‘pponchadan ularga aniq o‘q otish malakalarini namoyish qildi. Bu haqda Turkmaniston hukumatining “Neytralniy Turkmenistan” nashri xabar berdi.
Novyy vidos ot prezidenta Turkmenii. Na etot raz on posle voyennyx ucheniy sel na velosiped i postrelyal po mishenyam pic.twitter.com/95bPhi4ypp
— Lentach (@oldLentach) 14 iyunya 2019 g.
Berdimuxamedov ushbu malakalarini o‘quv-mashg‘ulot markazida namoyish qilgan. Nashrning ta'kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi milliy armiya qo‘shinlarining tayyorligini to‘satdan tekshirish maqsadida yarimtundan keyin tegishli bo‘linmalarning jangovar shay holatga keltirilishini buyurgan. Trevoga bo‘yicha harbiy qismlarning shaxsiy tarkiblari oyoqqa turg‘izilgan, jangovar samolyot va vertolyotlar o‘quv-mashg‘ulot markaziga yo‘l olgan.
Bu yerda Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirib, velosipedga o‘tirgan va yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan uchta nishon oldida burilishlar bajarib, ulardan har biriga uchtadan o‘q uzgan.
Nashrning ta'kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi barcha nishonlarni aniq mo‘ljalga olib, o‘zining yaxshi jismoniy tayyorgarlikda ekani va o‘q otish mahoratini yana bir namoyish qilgan va harbiylarga o‘rnak ko‘rsatgan.
Berdimuhamedov muntazam ravishda qo‘l ostidagilarga turli o‘qotar qurollardan o‘q otish malakasini namoyish qilib keladi. Biroq, ta'kidlanishicha, velosipedda o‘tirib aniq o‘q otish malakasini Turkmaniston prezidenti ilk bor namoyish qildi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
“Bir oyda ikki marta kelishi kerak, ikki oyda bir marta kelyapti” – joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda?
O‘zbekiston | 18:57
-
Niderlandiya Isroilning genotsidga da’vat qiluvchi vazirlarini «qora ro‘yxat»ga kiritdi
Jahon | 18:45
Mavzuga oid

21:20 / 25.07.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi

08:57 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston dori vositalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etadi

07:18 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi

15:02 / 30.06.2025