Shahrisabzda 2ta oliy o‘quv yurtining filiali tashkil etildi

Hukumatning 2019 yil 11 iyun kungi 488- va 489-sonli qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi. Bu haqda telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar qilingan.
Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Mazkur Filiallarda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shuningdek, qaror bilan ushbu filiallarning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filialiga, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialiga berildi.
Mazkur akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24
-
Hammasi o‘z qo‘limizda, ertaga g‘alaba qozonishimiz shart – Timur Kapadze
Sport | 22:02
Mavzuga oid

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

09:27 / 11.03.2025
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

08:12 / 07.03.2025
Toshkentda 4 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi

08:54 / 12.09.2024