Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘qolgan deb hisoblanayotgan dunyodagi eng qimmat surat Saudiya valiahd shahzodasi yaxtasida saqlanmoqda – OAV

Foto: Carl Court / Getty Images
Rassom Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub va yo‘qolgan deb hisoblanayotgan “Dunyo xaloskori” surati Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon yaxtasida saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda san'at sohasiga ixtisoslashgan Artnet portali suratning sotib olinishida ishtirok etgan manbalarga tayanib xabar berdi.
Da Vinchining surati ma'lum vaqt yo‘qolgan deb hisoblanib kelgan. 2017 yilda u 450 mln dollarga xususiy kolleksionerga sotilib, tarixdagi eng qimmatbaho san'at asariga aylangandi.
New York Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, suratni valiahd shahzodaning do‘sti Badr bin Abdulloh bin Muhammad bin Farxon Ol Saud sotib olgan. Keyinroq Christie's auksion uyi suratni Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti sotib olganini xabar qilgan. Ma'lum vaqtdan keyin Parijdagi Luvr muzeyining BAAdagi muzey-filiali surat ularda tomoshaga qo‘yilishini e'lon qilgan, biroq keyinroq uning taqdimotini keyinga qoldirgan. Shundan keyin OAVda muzey xodimlari surat qayerda ekanligini bilmasliklari haqida xabar tarqalgan.
Artnet ma'lumotlariga ko‘ra, surat valiahd shahzodaning Serene nomli yaxtasiga yetkazilgan va Saudiya Arabistoni Al-Ula shahrida yirik madaniy markaz qurmaguncha yaxtada qoladi.
Avvalroq Leonardo da Vinchining tasviriy san'ati texnikasi bo‘yicha fransiyalik mutaxassis Jak Frank “suratning da Vinchi mo‘yqalamiga mansubligi borasida shubhalar borligini” ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, surat mashhur rassom tomonidan emas, balki uning shogirdi, Salai taxallusi bilan ijod qilgan Jan Jakomo Kaprotti tomonidan yaratilgan. Frankning ta'kidlashicha, suratning yaratilishida da Vinchi ishtirok etgan, biroq bu ishtirok “kichik ko‘rinishda” bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Xonoboddagi festivalga sarflanayotgan milliardlar: Viloyat hokimligi izoh berdi, antikorrupsiya agentligi o‘rganish o‘tkazadi
O‘zbekiston | 14:48
-
IShID yetakchilaridan birini o‘ldirgan AQSh, cho‘kib ketishiga sal qolgan Ramzon Qodirov va G‘azoda davom etayotgan fojia – kun dayjesti
Jahon | 14:36
-
Xitoy Toshkentda akkumulyatorlarni saqlash tizimini barpo etadi
O‘zbekiston | 14:34
Mavzuga oid

08:47
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025