Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyimda antiperspirantdan keyin qoladigan oq dog‘ni qanday ketkazish mumkin?
Terlashning ikki salbiy jihati bor: undan keyin oq kiyimlarda sariq dog‘, rangli kiyimlarda esa oq rangdagi dog‘lar qoladi. Biroq antiperspirant tufayli paydo bo‘ladigan oq dog‘larni qanday ketkazish mumkin? Fabiosa.ru aynan shu mavzuga bag‘ishlangan ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashgan.

Terlashga qarshi himoya vositasini tanlaganda ko‘pincha reklamaga amal qilib, kiyimda dog‘ qoldirmaydiganini tanlashga harakat qilamiz. Biroq nima uchundir ko‘pincha u yoki bu vosita ham o‘zidan keyin dog‘ qoldiradi.
Dezodorant, antiperspirant va dazodorantli stik (tayoqcha) lar terlashga qarshi vositalar hisoblanadi. Ular tarkibi va qo‘llanishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Antiperspirant va stiklar. Ularning tarkibi alyumin tuzlar hamda surtilgan joyda himoya to‘sig‘ini hosil qilib, terlashga yo‘l qo‘ymaydigan birikmalardan iborat. Odatda, aynan antiperspirantlar kiyimda yuvganda ketmaydigan katta oq dog‘larni qoldiradi. Oq dog‘lar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida antiperspirant formulasiga solventlar qo‘shiladi, ular esa antiperspirant samarasini biroz kamaytiradi.
Dezodorantlar. Qo‘ltiq ostidagi tuklarda yoqimsiz hid uyg‘otadigan ko‘plab bakteriyalar bo‘ladi. Dezodorant esa ularning harakatini bloklaydi, biroq u ham o‘zidan keyin oq dog‘lar qoldiradi.
Kiyim yuvilganidan keyin har doim ham dog‘ va hid butunlay ketmaydi. Bundan tashqari, tez-tez mashinada kir yuvish kiyimlar oxorini ketkazadi. Ana undan keyin ular rangsiz ko‘rinishga kelib qoladi.
Rangli kiyimlarni oppoq dog‘lardan qanday himoya qilish mumkin?
E'tiboringizga qo‘l ostidagi vositalarni qo‘llab, doimiy natija beradigan usul taqdim etiladi.
1. Oq dog‘ ustiga osh sodasini ko‘p miqdorda sepib qo‘ying.
2. Osh sodasi sirka bilan yaxshi reaksiyaga kirishadi. Shuning uchun soda vishillaguniga qadar uning ustidan sirkani quying.
3. Aralashma maksimal natija berishi uchun bir necha daqiqaga qoldiring. Bu joyni cho‘tka yoki qo‘l bilan ishqalash mumkin.
Barakalla!
Kiyimni odatiy yuvish rejimida yuvish qoldi xolos. Antiperspirant dog‘idan asar ham qolmaydi.
Oq dog‘larga qarshi kurashishda qanday tabiiy vositalar yordam beradi?
1. Vodorod peroksidi (faqat oq rangdagi kiyimlar uchun, chunki peroksid oqartiruvchi ta'sirga ega).
2. Limon suvi. Suv bilan teng o‘lchamlarda aralashtiring va dog‘ni yuving.
3. Osh tuzi. Limon suvi kabi samara beradi. Biroq ko‘proq ishqalashga to‘g‘ri keladi.
Kiyimlardagi oq dog‘larni siz qanday ketkazasiz?
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:42
-
Mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:20
-
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 10:14
Mavzuga oid

11:11 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin

14:32 / 29.02.2024
Italiya O‘zbekistonda bolalar uchun tayyor kiyim ishlab chiqarishga qiziqish bildiryapti

11:09 / 09.09.2023
«Islom dini kiyimda ham me’yorni, haddini o‘rgatadi» - muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov

21:55 / 14.06.2023