Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paynet.uz» mobil ilovasi xizmatlar uchun to‘lovlardan 1,5 foiz cashback qaytaradi

«Paynet.uz» mobil ilovasi orqali to‘lovlar nafaqat qulay, balki daromadli ham – to‘langan mablag‘larning 1,5 foizi bonus shaklida qaytariladi.
Endilikda har bir smartfon egasi o‘z shaxsiy Paynetiga ega bo‘lishi mumkin. Buning uchun smartfoningizga iOS yoki Android platformalaridagi «Paynet.uz» mobil ilovasini o‘rnatish va unga bank kartasini biriktirishingiz kerak bo‘ladi xolos. Natijada o‘zingiz uchun qulay vaqtda, hatto kechasi, bayramlarda, uy yoki ishxonangizdan chiqmagan holda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshira olasiz.
Biroq «Paynet» bu bilan cheklanib qolmoqchi emas, kompaniya foydalanuvchilar uchun yanada yaxshiroq xizmat ko‘rsatish maqsadida «Paynet Bonus» sodiqlik tizimini ishga tushirdi. Bu tizim har bir foydalanuvchiga xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda mablag‘larini tejashga yordam beradi. Endilikda «Paynet» to‘lov miqdorining 1,5 foizini cashback ko‘rinishida qaytaradi. Tejab qolingan mablag‘lardan boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarda foydalanishingiz mumkin.
To‘lov xizmatlaridan qanday foyda olish mumkin?
Avvalo, smartfoningizga «Paynet.uz» mobil ilovasini o‘rnatishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tish juda qulay va oson. Ro‘yxatdan o‘tishingiz bilan mobil ilovada bonusli karta paydo bo‘ladi.
Bank kartangizni ilovaga biriktirib, uning yordamida xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirsangiz, to‘lovning 1,5 foizi darhol bonus kartangizga qaytariladi.
Masalan, Internet uchun 100 ming so‘m to‘lasangiz, 1500 so‘mlik ball bonus kartangizga qaytariladi. Mobil aloqa uchun 50 ming so‘m to‘laganingizda, bonus kartangizga 750 so‘mlik ball qo‘shiladi. Bonus karta ilovada onlayn ko‘rinadi, shuning uchun to‘plangan mablag‘lar miqdorini xohlagan vaqtingiz bilishingiz mumkin. Bonus kartangizda yetarlicha ball to‘plangan bo‘lsa, ulardan «Paynet.uz» tizimidagi har qanday xizmat uchun to‘lovlarni amalga oshirishda to‘liqligicha foydalanishingiz mumkin.
Shunday qilib, endilikda siz Internet, uyali aloqa operatorlari, televideniye, onlayn savdo platformalari va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirib, mablag‘laringizni tejab qolishingiz mumkin. Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish yoki jarimalarni to‘lash uchun DYHXB binosiga borib, navbatda turishga hojat yo‘q – bularning barchasini «Paynet.uz» mobil ilovasi orqali amalga oshirishingiz mumkin. Ilovada 270 dan ortiq turli xizmatlar uchun to‘lovlar mavjud.
Izoh: kartadan kartaga pul o‘tkazish, Davlat xizmatlari yoki kommunal to‘lovlarni amalga oshirayotganda bonus to‘lanmaydi.
«Paynet» kompaniyasi 2005 yildan buyon doimiy ravishda kengayib kelmoqda va bugun O‘zbekistondagi yetakchi to‘lov tizimlaridan biri. Respublikamizning barcha hududlarida joylashgan 15 mingdan ortiq to‘lov punktlarida «Paynet» to‘lov tizimi yordamida kuniga o‘rtacha 1,3 mln aholi to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda.
Kompaniya har doim zamon bilan hamnafas qadam tashlagan va bugun yanada ko‘proq qulayliklarni taklif etmoqda.
Batafsil ma'lumot olish uchun: (+99871) 202-07-07
Sayt: paynet.uz
iOS va Android uchun «Paynet.uz» mobil ilovasini yuklab oling.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
Jahon | 22:35
-
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi
Jahon | 22:16
-
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:43
-
Hindiston Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

17:00 / 28.07.2025
Paynet: O‘zbekistonda fintex sohasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 5 yangi xizmat

17:00 / 10.06.2025
Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karera sari qadamga aylantirmoqda

15:30 / 29.04.2025
Paynet 2025 yilning 1-choragi bo‘yicha natijalarni e’lon qildi

09:30 / 29.03.2025