Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda birinchisi, respublikada navbatdagisi: Yana bir avtomobil ko‘chada yonib ketdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahrida «Ford» avtomobilida yong‘in kelib chiqqani tasvirlangan video tarqaldi. Muhokamalarda buning sababi avtomobil chiroqlari doimiy yoniq holatda harakatlangani bo‘lgani aytilmoqda.
Kun.uz muxbiri ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Navoiy viloyati FVB YoXB mas'ul xodimlari bilan bog‘landi.
Navoiy viloyati FVB YoXB ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yilning 17 may kuni Navoiy shahri, Maxmud Tarobiy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan, davlat raqami 85 T 704 SA bo‘lgan qizil rangli «Ford» rusumli furgonning motor qismida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in avtomobilning elektr sim-kabellarida qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida avtomobilning motor va salon qismiga zarar yetgan.
Navoiy viloyati FVB YoXB mas'ul xodimining ta'kidlashicha, «avtomobil chiroqlari yoniq holatda harakatlanishi» tufayli deb taxmin qilinayotgan bu kabi holat viloyatda birinchisidir. Avtomobillarda yuzaga kelgan boshqa yong‘in holatlari avtomobil chiroqlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli sodir bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusi kunduzi chirog‘ini yondiraman, deb mashinasi yonib ketayotganlar bo‘lmoqda. Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgarish kiritish to‘g‘risidagi qaror chiqqan kundan buyon shu kabi 10ga yaqin holat kuzatildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari mashinalarning kunduzi chiroq yoqib yurishini bekor qilish taklifi bilan chiqishdi.
IIBB rasmiy saytida esa bunaqa yong‘inlarga quyidagicha munosabat bildirilgan: «Avtomobillar yonib ketishi va hattoki portlashlari ham mumkin, bunga sabab o‘zboshimchalik bilan avtomobil tuzilishiga aralashish, texnik holatga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lish».
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev esa telegramdagi kanalida yangi qoidalarni qo‘llab-quvvatlagan holda, o‘zgarishlarni «shok terapiyasi» orqali zudlik bilan amalga kiritib bo‘lmasligini aytib, bu qoidalarni amaliyotga tatbiq etish jarayoni xato bo‘lgani, barchasiga bosqichma-bosqich o‘tish kerak bo‘lgani, kunduzi chiroq yoqib yurish majburiyatini kamida 2021 yil 1 yanvar sanasidan belgilash, ungacha keng miqyosdagi targ‘ibot ishlarini olib borish, joriy yildan boshlab texnik ko‘rikdan o‘tayotgan barcha eski mashinalarda DXO bo‘lishini talab qilish, maxsus kunduzgi chiroqlarni o‘rnatishning davlat standartini ishlab chiqish, kerak bo‘lsa elektr ustalarni o‘qitish, yong‘in keltirib chiqarmaydigan jihozlarni o‘rnatishni nazorat qilish va hokazo ishlarni qilish lozimligi haqidagi fikrlarini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51
-
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?
Jamiyat | 22:33
-
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:26
-
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi
Jahon | 22:00
Mavzuga oid

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

09:47 / 17.05.2025