Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligidan iste'foga chiqdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov iste'foga chiqdi. Bu ma'lumotni uning o‘zi Kun.uz’ga tasdiqladi.
«1 yildan ortiq vaqt mobaynida menga mana shunday ishonch bildirilgani va katta imkoniyat yaratib berilgani uchun hukumatimizga minnatdorchilik aytib qolaman. Yurtimizda sportga qaratilayotgan yuksak e'tiborni atletlarimiz xalqaro maydonlardagi natijada aks ettira olishdi. Shu vaqt mobaynida biz bir jamoa bo‘lib, katta-katta marralarni zabt etdik. Yurtimiz sportchilarini kelajakda ulkan yutuqlar kutib turibdi. Ishonamanki, yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpaidasida ular bunday ishonchni oqlab qaytishadi», deydi Ahmadjonov Kun.uz muxbiri uchun bergan intervyusida.
Bugun, 15 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Unda Ahmadjonov iste'foga chiqarilib, qo‘mitaning yangi prezidenti e'lon qilinishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda qo‘mita rahbarligi uchun nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.
Hozircha Ahmadjonovning ishdan ketish sabablari ma'lum emas.
Ma'lumot uchun, Umid Ahmadjonov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. U O‘FFda qolish-qolmasligi haqida hozircha aniq ma'lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov 2018 yil 16 yanvar kuni Alisher Sultonov o‘rniga qo‘mita prezidenti etib saylangandi.
Ahmadjonov qo‘mitaga prezidentlik qilgan davrda o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarida medallar qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordni yangiladi (21ta oltin - 24ta kumush - 25 ta bronza – jami 70 medal).
Bundan avvalroq Ahmadjonov Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi rahbarligidan ketgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Buxoroda sifatsiz g‘isht ishlatilgan qurilish buzib tashlandi
Ko‘chmas mulk | 13:07
-
Soxta "dacha" e’lonlari orqali fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 12:58
-
Tramp Shotlandiyada: shamol turbinalari va migratsiya Yevropaga tahdid solmoqda
Jahon | 12:56
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:34 / 14.07.2025
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi

11:42 / 07.05.2025