Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi
Toshkent botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlat rahbari bayram tadbiriga kelgan urush va mehnat faxriylarining har biri bilan alohida salomlashib, hol-ahvol so‘radi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Nuroniylar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qildi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bog‘da Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi aks ettirilgan. Poyezd va harbiy texnikalar namoyish qilingan.
Ramziy sahnada mashhur o‘zbek generali Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziyaning qahramonligi aks ettirildi. Prezident faxriylar bilan birga uni tomosha qildi.
Insoniyat tarixidagi eng dahshatli bu urushda O‘zbekistondan 1 yarim milliondan ortiq odam qatnashgan. Butun xalqimiz tinimsiz mehnat qilib, jang maydonlariga harbiy texnika va qurol-yarog‘, kiyim-kechak, oziq-ovqat yetkazib turgan. Urush hududlaridan ko‘chirib keltirilgan 1 millionga yaqin insonga boshpana berib, o‘z rizqini baham ko‘rgan.
Xalqimizning fashizm ustidan g‘alaba qozonishga qo‘shgan ulkan hissasi, bag‘rikengligi va mehribonligi hech qachon unutilmaydi.
Bayram tadbirida mamlakatning barcha hududlaridan kelgan urush va mehnat faxriylari ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va Qadrlash kuni hamda G‘alabaning 74 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi.
- Ming-minglab jasur ota-bobolarimiz dunyodagi ko‘plab xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik ko‘rsatdilar. Bu so‘nmas jasorat, mana, 74 yildirki, biz uchun mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Keksalarga, mo‘tabar faxriylarga yuksak e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekani ta'kidlandi.
- Bugungi ozod va erkin hayot uchun, farzandlarimizning baxti va kamoli uchun biz ularning oldida cheksiz qarzdormiz. Bu aziz insonlarni asrab-avaylash, ularning sog‘-salomat va mazmunli umr kechirishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish – hammamizning muqaddas insoniy burchimizdir, - dedi prezident.
Davlat rahbarining 2019 yil 23 apreldagi «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu e'tibor yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Qarorga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a'zolariga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatildi. «Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat», «E'tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch» shiorlari ostida madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Bu ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bayram tadbirida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli, folklor jamoalar, estrada xonandalari ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
Mavzuga oid

12:43 / 09.05.2025
Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024