Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hokimiyati 9 may kuni «O‘lmas polk» aksiyasi o‘tkazilishi haqidagi xabarni rad etdi

Toshkent shahar hokimligi 9 may kuni «O‘lmas polk» aksiyasi doirasida «Birodarlik qabristoni»dan Mustaqillik maydoniga piyoda borilishi haqidagi xabarni rad qildi.
«Internetda 9 may kuni shahrimizda «O‘lmas polk» aksiyasi o‘tkazilishi, uning ishtirokchilari «Birodarlik qabristoni» majmuasidan Mustaqillik maydonidagi mangu olov yodgorligiga qadar yurib borishi haqida asossiz ma'lumot tarqatildi», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Raddiyada bu ma'lumot haqiqatga mos emasligi, tashkilotchilar ommaviy tadbir o‘tkazishga ruxsat olmagani, yo‘nalish tegishli idoralar bilan kelishilmagani aytilgan. Shahar bo‘ylab trotuardan ommaviy tarzda yurish shahar ahli va mehmonlari uchun noqulayliklarni keltirib chiqarishi qayd etilgan.
Shu bilan birgalikda, 9 may kuni «Birodarlik qabristoni» kompleksida soat 10:00da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi. Istagan odam kelib, Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan qahramonlar sharafiga uyushtiriladigan tadbirda qatnashishi, shuningdek, Mustaqillik maydonidagi Motamsaro ona va Mangu olov yodgorligiga kelib, gullar qo‘yish mumkin.
«Shu kuni soat 21:00da Xalqlar do‘stligi saroyida bayram munosabati bilan mushak otiladi. Bundan tashqari, Humo muz saroyida harbiy texnika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Sizni ushbu tadbirlarda ishtirok etishga chaqiramiz. Huquq tartibot organlari xodimlari marosimlar tashkillashtirilishi va ko‘ngilsizliklarsiz o‘tishi uchun barcha choralarni ko‘radi», deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalroq bahsli «O‘lmas polk» aksiyasi Toshkentda 9 may kuni baribir o‘tkaziladigan bo‘lgani, tashkilotchilar aksiya ishtirokchilari SSSR madhiyasining sadolari ostida «Birodarlik qabristoni»dan Mustaqillik maydoniga piyoda borishini rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.
«9 may kuni trotuarlar va piyoda yo‘lkalari bo‘ylab «Birodarlik qabristoni» majmuasidan to Mustaqillik maydonidagi Mangu olov yodgorligigacha musiqiy dastur bilan piyoda yuramiz», – degandi aksiya tashabbuskorlaridan biri Timur Ismoilov.
9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab «Birodarlar qabristoni»da bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 9 may kuni shahardagi Shota Rustaveli, Cho‘pon ota, Bog‘i bo‘ston ko‘chalarining «Birodarlar qabristoni»ga tutash bo‘lgan qismida avtomobillar harakati soat 7:00 dan 10:00 gacha vaqtinchalik cheklanadi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiy birlik darvozasi – Zangezur koridori atrofida nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 20:28
-
Air China O‘zbekistonga birinchi parvozni amalga oshirdi
O‘zbekiston | 20:19
-
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi
Fan-texnika | 19:20
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
Mavzuga oid

20:59 / 27.04.2025
Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi

15:14 / 22.04.2023
London: “O‘lmas polk” bekor qilinishining xavfsizlik masalasiga aloqasi yo‘q

12:39 / 21.04.2023
To‘xtatilgan «O‘lmas polk»: Nega undan Kremlga eng kerakli paytda voz kechilmoqda?

16:17 / 18.04.2023