Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasilyas yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizildi. U faoliyatini yakunlashi mumkin

Ispaniya terma jamoasi va «Real» safida ko‘p yillar mobaynida to‘p surgan, keyingi yillarda «Portu» darvozasini qo‘riqlab kelayotgan Iker Kasilyas bugun, 1 may kuni yurak xuruji tufayli shifoxonaga yotqizildi.
Ertalabki mashg‘ulotlar vaqtida 37 yoshli posbonda miokard infarkti kuzatilgan. Hozirda uning holati barqaror deb baholanmoqda, hayoti uchun xavf mavjud emas. Endilikda u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, uning uchun futbolchilik faoliyati yakunlangan bo‘lishi ham mumkinligi aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, Iker 2015 yildan buyon «Portu» darvozasini qo‘riqlamoqda. Bunga qadar uzoq yillar «Real»da o‘ynab, uch marotaba YeChLda g‘olib chiqqan; 2010 yili Ispaniya milliy jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan.
Kasilyas bu mavsum Portugaliya chempionatining 31ta o‘yinida qatnashib, 19ta gol o‘tkazdi, YeChLda esa 10ta uchrashuvda maydonga tushib, chorak finalgacha bo‘lgan o‘yinlarda 15 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.
20 mayda 38 yoshga to‘ladigan Kasilyas mart oyida «Portu» bilan shartnomasini keyingi mavsum oxirigacha muddatga uzaytirgan edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

17:40 / 14.03.2025
Yoshlar orasida miokard infarkti ko‘payib borayotgani sabablari aytildi

22:43 / 05.06.2024
Qon quyuqlashishi insult va infarkt xavfini oshiradi

21:25 / 02.11.2021
Toshkentda o‘pkasi pnevmoniyadan 65 foiz zararlangan, infarkt va insultga chalingan og‘ir bemor muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

16:18 / 10.08.2020